Tsukerberg endi WhatsApp, Instagram va Facebook’ni birlashtirmoqchi

  •   DiMaX
  •  675
  •  26.01.2019 10:07

Tsukerberg endi WhatsApp, Instagram va Facebook’ni birlashtirmoqchi

Facebook rahbari Mark Sukerberg kompaniyaga tegishli ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni o‘zaro integratsiyalashtirmoqchi. Bu haqda uning xodimlaridan birdaniga to‘rttasi The New York Times nashriga xabar bergan.

O‘QING: WhatsApp va Messenger’ning asosiy raqibini Sukerberg tan oldi

Ayni damda Facebook Messenger, Instagram hamda WhatsApp messenjerlari ushbu kompaniyaga qarashli. Mark Sukerberg esa ularni Facebook ijtimoiy tarmog‘i bilan bitta platformaga jamlashni ko‘zlamoqda.

Rejaga ko‘ra, ushbu servislar yagona ekotizimga birlashadi. Servislar alohida-alohida ilovalarda ishlayveradi, lekin ularning xabarlashuv tizimi umumiy bo‘ladi. Masalan, faqatgina WhatsApp profili bor kishiga Facebook ilovasidan ham xabar yozish mumkin bo‘ladi. Bunda barcha servislarda xabarlar shifrlash orqali jo‘natiladi.

Aytish kerakki, Instagram va WhatsApp’ni sotib olganida, Sukerberg bu servislar avtonom tarzda ishlayverishini aytgandi. Biroq mazkur servislar auditoriyasi bir necha baravarga kengaygach, Markning bu boradagi fikri o‘zgargan.

O‘QING: Telegram asoschisi Pavel Durov yana WhatsApp va Facebook’ni jiddiy aybladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!