Tsukerberg Facebookning 99 foiz aksiyasini xayriya qiladi

Tsukerberg Facebookning 99 foiz aksiyasini xayriya qiladi

Jahonning eng yosh milliarderlaridan bo‘lgan, feysbuk asoschisi Mark Sukerberg qizchasi tug‘ilgani munosabati bilan sarlavhadagi qarorga kelganini bildirdi. Aksiyalar umumiy qiymati 45 mlrd dollarni tashkil etadi.

Markning fikricha bu kelgusi avlod uchun dunyoni yanada yaxshilaydi. Bunday oliyhimmatlik izhor etilgan post milliondan ortiq layk yig‘di. Britaniyalik rassom baxtiyor oila rasmini chizdi.

Sukerberg-Chan oilasi xayr-ehson yo‘lida mablag‘ sarflab turadi. Yildan yilga ijtimoiy tarmoq aksiyalaridan voz kechib bormoqda. Huquqiy hujjatlarga ko‘ra, Mark Sukerberg 3 yil davomida bir milliarddan ortiq mablag‘ni hadya qilolmaydi. Ammo Markka bu cheklov ma’qul kelmagan va «Chan Zuckerberg Initiative» nomli maxsus yuridik shaxs ta’sis etib, nafaqat, xayriya maqsadlarida, balki, notijorat tashkilotlariga ham mablag‘ sarflamoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!