Tungi internetni qulaylashtirish uchun judayam kerakli kengaytma

  •   DiMaX
  •  5575
  •  07.02.2018 14:46

Tungi internetni qulaylashtirish uchun judayam kerakli kengaytma

Ko‘pincha internet ishqibozlari tunda ham saytlar aro kezishadi, shunda qorong‘i muhitda ekranning yorqinligi kishining ko‘ziga salbiy ta’sir etishi mumkin. To‘g‘ri, ayrim saytlarda tungi rejimni yoqish yoki umumiy interfeysni to‘qroq qilish funksiyasi bor, ammo hammasida ham emas.

O‘QING: YouTube’da maxfiy tungi rejimni yoqishni o‘rganamiz

Ammo istalgan saytni «tungi rejimga o‘tkazish» yo‘li bor – Chrome brauzeri uchun ishlab chiqilgan Midnight Lizard kengaytmasini o‘rnatib olasiz. U har qanday sayt interfeysini tungi paytda ko‘rishga, o‘qishga va yozishga qulay tusga keltirib beradi.

Midnight Lizard’ning qulayliklari ko‘p, masalan, unda turlicha interfeys mavzulari mavjud. To‘g‘ri, standart mavzuning o‘zi ham yaxshi – uni yoqqaningizda harflar fon bilan chaplanib ketmaydi, sahifaning har bir unsuri aniq-tiniq ko‘rinadi. Lekin agar istasangiz, tungi rejimlardan boshqa birortasini yoqishingiz yoki hatto o‘zingiz yangi rejim yaratib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

Bunda ranglar kontrastini, fon, matn, havola va rasmlar sozlamalarini o‘zgartirishingiz mumkin. Shuningdek, ko‘k rang filtri ham bor – uning evaziga organizmda melatonin ishlab chiqariladi va uyqu yaxshilanadi.

Midnight Lizard orqali barcha saytlar uchun umumiy mavzu belgilab qo‘ysa ham, har bir sayt uchun alohida mavzuni tayinlab qo‘ysa ham bo‘ladi – bunisi juda yaxshi imkoniyat. Shuningdek, plagin ma’lum bir vaqtda o‘z-o‘zidan faollashadigan, tegishli paytda yana o‘chiriladigan qilib sozlash imkoni ham mavjud.

Mazkur kengaytmani Google Chrome brauzeriga o‘rnatib olish uchun mana bu havola orqali o‘tish lozim.

O‘QING: Google Chrome’ni 10 karra tezroq ishlashga majbur qilamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.