Turkiya Prezidenti nega Ilon Maskka qo‘ng‘iroq qildi?

  •   DiMaX
  •  981
  •  28.01.2021 18:07

Turkiya Prezidenti nega Ilon Maskka qo‘ng‘iroq qildi?

Rajab Toyib Erdo‘g‘an kuni kecha SpaceX rahbari Ilon Mask bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyati jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga asoslanib xabar berilgan.

O‘QING: Turkiya prezidenti ham Telegram-kanal ochdi

Ta’kidlanishicha, ular Turkiyadagi davlat va xususiy kompaniyalar bilan SpaceX'ning turli sohalarda, birinchi navbatda kosmik texnologiyalar sohasida hamkorligini muhokama qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Erdo‘g‘an birinchi turk astronavtini kosmosga jo‘natishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining boshlarida SpaceX'ning Falcon 9 raketasi Turkiyaning fuqarolik va harbiy ehtiyojlari uchun signallarni uzatishga mo‘ljallangan «Turksat 5A» sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqandi.

O‘QING: Ilon Mask naq 100 million dollarlik tanlov e’lon qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!