Turkiyada ilk NFT darslari o‘tildi

Turkiyada ilk NFT darslari o‘tildi

Turkiyaning Anqara universiteti o‘z o‘quv dasturiga kriptoga asoslangan kurslarni qo‘shgan mamlakatdagi ilk universitet bo‘ldi va NFT haqidagi birinchi darsda Turkiya Prezidentligi va Madaniyat va turizm vazirligining yuqori martabali xodimlari qatnashdilar deya xabar bermoqda Hürriyet Daily nashri. 

"Bu innovatsion universitet. Biz NFT haqida dars berishdan xursandmiz, lekin talabalarimiz bizdan baxtliroq", deydi universitet rektori Nejdet Ünüvar ochilish nutqida. Akademik Bug‘ra Ayan tomonidan o‘tilgan “NFT'ga kirish” darsida Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari O‘zgul O‘zkan Yavuz va Turkiya Prezidentligining Raqamli Transformatsiya bo‘limi rahbari Ali Taha Koch ham qatnashgan. 

Dars tugaganidan so‘ng qisqacha so‘zga chiqqan Yavuz, hukumat NFT'ni yoshlar orasida badiiy ijod, mahorat va iste’dodlarni uyg‘otadigan narsa sifatida ko‘rishini ham aytdi. Keyin u Anqara universitetining bu boradagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va bu NFT haqida xabardorlikni kuchaytiradigan harakat ekanligini tasdiqladi. 

Shuningdek, Ali Taha Kochning aytishicha, uning idorasi ham ko‘plab raqamli loyihalar ustida ishlamoqda. “NFT'ni shunchaki texnologiya masalasi deb o‘ylamang. Uning huquqiy jihati ham bor, bu bizning biznes uslublarimizga qanday ta’sir qilishini ko‘rishga imkon beradi ", dedi u. 

NFT (non-fungible token) — bu blokcheynda saqlanadigan, almashtirib bo‘lmaydigan ma’lumotlar birligi, sotilishi mumkin bo‘lgan raqamli kitob shakli. NFT ma’lumotlar birliklarining turlari fotosuratlar, videolar va audio kabi raqamli fayllar bilan bog‘lanishi mumkin.

O‘QING: O‘zingga ehtiyot bo‘l, OpenSea'ni aybdor qilma