Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

  •   DiMaX
  •  4459
  •  21.10.2020 10:57

Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Tahlilchilar Apple’ning yangi smartfoni – iPhone 12 Pro’ning narxini turli davlatlardagi o‘rtacha ish haqi bilan taqqoslab, uni sotib olishga yetadigan pulni qaysi davlatda tezroq ishlab topish mumkinligini aniqlashdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: iPhone 12’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Picodi portali tahlilchilari o‘tkazgan «iPhone 2020 indeksi» tadqiqotiga iPhone 12 Pro’ning 128 Gb xotiraga ega versiyasi asos qilib olingan. Qurilmaning narxi 1099 dollarni tashkil qiladi.

Aniqlanishicha, o‘rtacha maosh oladigan shveysariyaliklarga buning uchun eng kam vaqt – 4,4 kun talab etilar ekan. Amerikaliklar iPhone 12 Pro’ga yetadigan pulni topish uchun 6,1 kun, avstraliyaliklar va lyuksemburgliklar esa 6,6 kun ishlashlari kerak.

Ko‘rib chiqilgan davlatlar ichida Meksika va Hindistonda iPhone 12 Pro’ga yetadigan pulni ishlab topish uchun eng ko‘p vaqt – 54,4 kun ishlash talab etilarkan.

Indeks iPhone 12 Pro’ning Apple hududiy do‘konlaridagi rasmiy narxlari asosida hisoblab chiqilgan. Turli davlatlardagi o‘rtacha maosh haqidagi ma’lumotlar esa milliy statistika boshqarmalari saytlaridan olingan.

O‘QING: iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro’ni ilk bor qadog‘idan olib ko‘ramiz! (Ikkita «jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.