Turli gadjetlardagi eng zaif parollar: o‘zingiznikini tekshirib qo‘ying!

  •   DiMaX
  •  1117
  •  06.03.2020 16:09

Turli gadjetlardagi eng zaif parollar: o‘zingiznikini tekshirib qo‘ying!

F-Secure kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari eng ishonchsiz parollarni e’lon qilishdi. Bular – pochta yoki biror servisdagi akkaunt paroli emas, balki turli devayslarga qo‘yiladigan parollardir.

O‘QING: 2019 yilning eng yomon parollari reytingi: qarang-chi, unda sizniki yo‘qmikan?

Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, xakerlar biror qurilmaning himoyasini aylanib o‘tish uchun uning muhofaza parolini taxminan terib ko‘rishadi. Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, ular birinchi navbatda parol sifatida admin so‘zini terib ko‘rishar ekan. Siz ham uyingiz yoki ishxonangizdagi router yo boshqa biror qurilmaning standart login-parolini o‘zgartirmagan bo‘lsangiz, unda ayni mana shu parol turibdi va uni buzib kirish – xakerlar uchun eng oson ish!

Shuningdek, ommabopligi (va buzish osonligi) jihatidan default, 123456 va root kabi parollar ham undan qolishmaydi. Butun dunyo bo‘yicha kuzatuv kameralarida qo‘llanuvchi Dahua kompaniyasining DVR’lari himoyasida qo‘llanadigan vivx kodi ham xakerlar uchun qulay o‘lja ekan.

Eng keng tarqalgan va xakerlar sinab ko‘radigan parollar safida yana 1001chin hamda tazZ@23495859 ham bor. Bular – dunyo bo‘yicha ko‘plab qurilmalar, masalan – routerlarda zavodda o‘rnatiladigan dastlabki parollardir.

Shu boisdan nafaqat kompaniyalar, balki oddiy foydalanuvchilar ham o‘zlarining turli deveyslarida dastlabki sozlamalar bo‘yicha o‘rnatilgan parollarni almashtirib qo‘yishlari tavsiya etiladi.

O‘QING: Parolingiz o‘g‘irlanganini yangi Telegram-bot orqali tekshirib ko‘ring!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!