Turli hududlarda eng ommabop smartfon brendlari qaysilar?

  •   DiMaX
  •  2822
  •  11.12.2020 16:10

Turli hududlarda eng ommabop smartfon brendlari qaysilar?

Biz kuni kecha 2020 yilning uchinchi choragi holatiga ko‘ra dunyo smartfon bozori ma’lumotlarini hamda ular aks ettirilgan infografikani e’lon qilgan edik. Shuningdek, tugmachali telefonlar bozorida Nokia ikkinchi o‘rinda ekanligi ham ma’lum.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (49-hafta)

Counterpoint Research tadqiqot kompaniyasi, yuqoridagilardan tashqari, yakuniga yetayotgan yilning uchinchi kvartalida dunyoning turli hududlarida qaysi brendlar smartfonlari ommalashgani haqida ham ma’lumot berdi. Undan aniqlanishicha, Samsung uchun ushbu chorak keyingi yillardagi eng muvaffaqiyatlisi bo‘libdi.

Ko‘rib turganingizdek, Huawei faqatgina Osiyo bozorida, Apple esa Shimoliy Amerika bozorida yetakchilik qilmoqda. Samsung bo‘lsa Yevropa, Lotin Amerikasi hamda Afrika va Yaqin Sharq mintaqalarida birinchi o‘rinlarni olgan.

Uchta gigantdan tashqari, eng ko‘p smartfon sotgan brendlar orasida Xiaomi, Vivo, Oppo, LG, Alcatel, Motorola hamda Tecno mavjud.

E’tibor bering: yuqoridagi ko‘rsatkichlar tegishli hududlarda sotilgan smartfonlar soniga ko‘ra chiqarilgan. Lekin shu savdodan tushgan foydasiga qarasak, bozordagi daromadning 93 foizini ikkitagina kompaniya bo‘lishib olgan!

O‘QING: TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020 yil reytingi)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!