Turli modellardagi iPhone’larda 4G LTE tezligi qanchalik farq qiladi?

  •   DiMaX
  •  2181
  •  03.08.2019 10:45

Turli modellardagi iPhone’larda 4G LTE tezligi qanchalik farq qiladi?

Mobil internet tezligi ko‘p omillarga bog‘liq, shu jumladan – smartfonning modeliga, aniqrog‘i – undagi modemga ham. Bugun har xil rusumlardagi Apple smartfonlarida 4G LTE tezligi qanaqa ekanligiga nazar solamiz.

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Lo‘nda qilib aytganda, nisbatan eski rusumlardagi iPhone’larda internet tezligi yangilariga qaraganda pastroq. Sababi oddiy – ular ishlab chiqilganida hali hozirgidek tezkor modemning o‘zi yo‘q edi. Binobarin, yangi modellardagi smartfonlarning chipsetlarida so‘nggi texnologiyalar bilan boyitilgan, tezkor modemlar qo‘llangan va shu bois ularda internet tezligi yuqori.

Shunday qilib, to‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i – LTE tezligi turli iPhone’larda quyidagicha:

  1. iPhone 5s – 100 Mbit/soniyagacha;
  2. iPhone SE, iPhone 6, iPhone 6 Plus – 150 Mbit/soniyagacha;
  3. iPhone 6s, iPhone 6s Plus – 300 Mbit/soniyagacha;
  4. iPhone 7, iPhone 7 Plus, iPhone 8, iPhone 8 Plus, iPhone X, iPhone XR – 600 Mbit/soniyagacha;
  5. iPhone XS, iPhone XS Max – 1 Gbit/soniyagacha.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, yuqorida turli ayfonlarda 4G LTE tarmog‘idagi internet tezligi «...gacha» tarzida ko‘rsatilgan. Sababi aniq – bu ko‘rsatkichga operator signali va boshqa omillar ham ta’sir etadi; hammasi zo‘r bo‘lsa, iPhone mana shu tezlikkacha internetni ta’minlab bera oladi. So‘nggi modellarga mansub ayfonlarni esa 4 905 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

Darvoqe, ikkinchi marta «yetim qolgan» iPhone xronologiyasi, 12 yillik barcha iPhone’lar narxlari ro‘yxati, Apple smartfonlaridan har birining akkumulyatori qanchalik sig‘imdorligi ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Apple biryo‘la naq 11 ta yangi iPhone’ni ro‘yxatdan o‘tkazdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!