Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android-smartfonlar beshta reytingda (AnTuTu, 2021 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  1363
  •  13.08.2021 10:49

Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android-smartfonlar beshta reytingda (AnTuTu, 2021 yil iyul)

So‘nggi kunlarda biz AnTuTu servisining iyul oyiga mansub uchta reytingini e’lon qilganmiz: Xitoy bozoridagi eng tezkor Android-flagmanlar hamda hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari ro‘yxati, eng qudratli flagmanlar global reytingi va egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingi. Endi esa benchmark jamoasi beshta narx doirasidagi smartfonlarning eng kuchlilarini alohida reytinglarda taqdim etdi.

O‘QING: Snapdragon 888 Plus chipli ilk smartfon – GeekBench rekordchisi AnTuTu’da hafsalani pir qildi

Yangi hisobotda qurilmalar Xitoydagi, shu mamlakat valyutasidagi narxi bo‘yicha beshta guruhga ajratilgan va shu kategoriyalarning har biridagi eng zo‘rlari alohida ro‘yxatlarda berilgan. Tushunish qulay bo‘lishi uchun biz ularning narxlarini AQSh dollarida ham ko‘rsatmoqdamiz.

Ko‘ryapmizki, eng arzon, ya’ni narxi 1999 yuangacha (bu taxminan 309 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi) bo‘lgan telefonlarning eng zo‘ri 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali Redmi Note 10 Pro bo‘lib chiqqan.

O‘QING: Kamida 6 xil Xiaomi va Redmi smartfonlarida ishkal: kompaniya aybini tan oldi

Hamyonbop kategoriyadagi, ya’ni 2000–2999 yuanlik (taxminan 310–463 dollarlik) smartfonlar lideri esa Redmi K30S Extreme Commemorative Edition modeli bo‘lgan:

O‘rta narxli, ya’ni 3000–3999 yuanlik (464 – 618 dollarlik) smartfonlar taxtiga esa Redmi K40 Pro+ chiqib olgan.

Narxi 4000 yuandan to 4999 yuangacha (619–772 dollar) bo‘lgan smartfonlar orasida Black Shark 4 Pro geymerofoniga teng keladigani topilmagan.

Ta’kidlab o‘tamiz: ayni shu model AnTuTu bo‘yicha eng tezkor Android-flagmanlar reytinglarida bir necha oydan beri birinchi o‘rindan tushmay kelayotir va iyulda ham g‘olib bo‘lgan.

Eng qimmat, ya’ni narxi 5000 yuandan (772 dollardan) yuqori bo‘lgan flagmanlar orasida esa Oppo kompaniyasining vakili – Find X3 Pro yetakchilikka erishgan.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, beshta reytingdan naq to‘rttasida birinchi o‘rinlarni Xiaomi hamda uning brendlariga mansub modellar band etgan.

O‘QING: Ushbu 22 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining «operativka»sini yana 3 GBgacha kengaytirish mumkin bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!