Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android-smartfonlar ikkita reytingda (AnTuTu, 2021 yil noyabr)

Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android-smartfonlar ikkita reytingda (AnTuTu, 2021 yil noyabr)

AnTuTu benchmarki noyabr oyidagi eng kuchli Android smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Shubhasiz, Snapdragon 888+ chipi bilan jihozlangan qurilmalar reytingning yuqori qismidan o‘rin egalldi. Bundan tashqari top o‘ntalikda Snapdragon 888 chipida ishlovchi smartfonlar ham bor. 

Jadvaldan o‘rin olgan smartfonlar 1-noyabrdan 30-noyabrgacha bo‘lgan davr oralig‘ida ming martadan ortiq test qilingan. Quyidagi raqamlar smartfonlar qo‘lga kiritgan ballarning o‘rtacha natijasi hisoblanadi.

Mana ikkinchi oydirki, Xiaomi Black Shark 4S Pro reytingda yetakchi bo‘lib turibdi. Keyingi ikkita o‘rin Snapdragon 888+ chipi bilan jihozlangan ZTE nubia Red Magic 6S Pro, vivo iQOO 8 Pro smartfonlariga nasib etdi. 

Top o‘ntalikdan, shuningdek, Black Shark 4 Pro, vivo X70 Pro+, ASUS Rog Phone 5s, iQOO 8, Oppo Find X3 Pro hamda realme GT smartfonlari o‘rin oldi. 

O‘rta toifa smartfonlar sinfida esa Snapdragon 778G chipi bilan jihozlangan iQOO Z5 yetakchilik qilmoqda. Oppo K9s hamda Mi 11 Lite 5G smartfonlari esa kuchli uchlikni yaknlab berdi. To‘liq ro‘yxatni quyidagi jadvaldan olishingiz mumkin.

Yaqinda yangi Snapdragon 8 Gen1 chipi e’lon qilindi. Ayrim kompaniyalar dekabr oyining o‘zida ushbu chipga ega bo‘lgan smartfonlarni taqdim etishmoqchi. Demak, dekabr oyidagi eng kuchli Android smartfonlar reytingida bir necha o‘zgarishlar bo‘ladi. 

O‘QING: Uzoq kutilgan Snapdragon 8 Gen1 chipi taqdim etildi