Turli narx toifalaridagi eng zo‘r smartfonlar – beshta reytingda! (AnTuTu, 2021 yil may)

  •   DiMaX
  •  1384
  •  05.06.2021 15:19

Turli narx toifalaridagi eng zo‘r smartfonlar – beshta reytingda! (AnTuTu, 2021 yil may)

Biz kuni kecha AnTuTu benchmarkida may oyidagi tekshiruvlar natijalari asosida tuzilgan eng qudratli flagmanlar ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Mazkur jamoa hamyonbop smartfonlar orasida eng tezkorlarining ham reytingini chiqargan. Bulardan tashqari...

O‘QING: AnTuTu: May oyida egasini rozi qilgan smartfonlar reytingida bulturgi flagmanlar yetakchi!

Shuningdek, ushbu servis jamoasi har xil narx toifalariga mansub smartfonlar oralaridan ham eng kuchlilarini alohida reytinglarda taqdim etdi. Unda qurilmalar Xitoydagi, shu mamlakat valyutasidagi narxi bo‘yicha beshta guruhga ajratilgan va shu kategoriyalarning har biridagi eng zo‘rlari alohida ro‘yxatlarda berilgan. Tushunish qulay bo‘lishi uchun biz ularning narxlarini AQSh dollarida ham ko‘rsatmoqdamiz.

Eng arzon – 1999 yuangacha (taxminan 312 AQSh dollarigacha) narxdagi smartfonlar orasida eng kuchlisi Realme Q3 Pro modeli bo‘lgan.

O‘QING: realme 8 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Narxi 2000 yuandan 2999 yuangacha (312 – 468 dollar) bo‘lgan smartfonlarning eng zo‘ri esa Redmi K30S Extreme Commemorative Edition flagmani ekan:

Aytish kerakki, bu qurilma o‘tgan oydagi reytingda ham ayni shu toifaning yetakchisi edi.

O‘QING: Beshta xizmatdan bir oy bepul foydalanib, to‘rtta Redmi 9 smartfonidan birini yutib oling!

O‘rta narxli, ya’ni 3000–3999 yuanlik (468 – 623 dollarlik) smartfonlar taxtiga esa iQOO 7 geymerofoni chiqdi.

Vivo kompaniyasining o‘yinbop qurilmalar chiqaruvchi iQOO brendiga mansub ushbu smartfon Master Lu benchmarkiga ko‘ra 2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon reytingiga ham kirgan edi.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (21-hafta)

Nisbatan yuqori – 4000 dan to 4999 yuangacha (624 – 780 dollarlik) smartfonlar reytiniga Meizu 18 Pro flagmaniga teng keladigani topilmadi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Meizu kompaniyasining bu yilgi flagmanlari hatto iPhone egalarini ham Android-smartfonlarga o‘tishga majbur etayotgani haqida yozgan edik.

O‘QING: Xitoyliklarning o‘zlari eng ko‘p qaysi smartfonlarni olishyapti?

Va nihoyat, eng qimmat, ya’ni narxi 5000 yuandan (780 dollardan) boshlanuvchi flagmanlarning eng zo‘ri – Oppo Find X3 Pro kamerofoni bu oyda ham taxtdan tushmagan.

Bir jihatni siz ham sezgan bo‘lsangiz kerak: bu kabi reytinglarda «Xitoycha Apple»ning yakkahokimligiga chek qo‘yilgan. 2021 yilning mart oyida turli narx toifalariga ko‘ra AnTuTu reytinglaridan to‘rttasida Xiaomi hamda uning Redmi va Black Shark brendlariga mansub smartfonlar yetakchi edi. Aprelga kelib vaziyat o‘zgargan, may oyida esa raqobatchilar uni yanada ko‘proq siqib chiqarishgan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!