«Tush buyoqqa, Despacito!» – YouTube tarixida eng ko‘p ko‘rilgan videolar reytingida yangi lider

  •   DiMaX
  •  11228
  •  03.11.2020 16:01

«Tush buyoqqa, Despacito!» – YouTube tarixida eng ko‘p ko‘rilgan videolar reytingida yangi lider

Eng ommabop striming servisi bo‘lgan YouTube’dagi videolavhalarning turli jihatlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan reytinglar chiqib turadi. Jumladan, kuni kecha biz Forbes ma’lumotlari asosida ushbu tarmoqda aynan reklamadan ko‘p pul topayotgan rus tilli blogerlar reytingini e’lon qilganmiz.

O‘QING: YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

YouTube jamoasi ushbu platforma tarixida eng ko‘p ko‘rilgan videoroliklar ro‘yxatini yangiladi. Yaqin-yaqinlargacha unda yetakchilik qilib kelayotgan Despacito qo‘shig‘ining klipi ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.

Servisning statistikasiga ko‘ra, xit-parad taxtiga 7,043 milliard marta ko‘rilgan «Baby Shark» nomli videorolik chiqib olgan. Bu – PinkFong studiyasi tomonidan ishlangan, kichkina akula va uning oilasi haqidagi bolalar qo‘shig‘idir.

Umuman olganda, «Despacito» ham undan salgina kamroq – taxminan 7,04 milliard marta ko‘rilgan.

O‘QING: TOP-10: YouTube’da eng ko‘p layklangan kliplarni mana shu yerda ko‘ring!

Eng ko‘p tomosha qilingan videolar reytingida keyingi o‘rinlarni quyidagilar egallagan:

  1. Ed Shiran, «Shape of You» qo‘shig‘i (5,05 mlrd)
  2. Uiz Xalifa, «See You Again» treki (4,8 mlrd)
  3. «Masha i Medved» multfilmining 17-qismi (4,4 mlrd)
  4. «Johny Johny Yes Papa» bolalar qo‘shig‘i (4,15 mlrd)
  5. Mark Ronson, «Uptown Funk» qo‘shig‘i (3,99 mlrd)
  6. PSY, «Gangnam Style» qo‘shig‘i (3,3 mlrd)

Eslatib o‘tamiz: YouTube saytida har kim ham o‘z kanalini ochishi mumkin va buning eng oson yo‘li to‘g‘risida biz batafsil yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: YouTube’dan reklamalarni olib tashlashning o‘ta oson yo‘li topildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!