Tutib, tutib soting: tutilsa ham qiymatini yo‘qotmaydigan smartfonlar bor

  •   Saroy
  •  4160
  •  11.10.2018 18:04

Tutib, tutib soting: tutilsa ham qiymatini yo‘qotmaydigan smartfonlar bor

Mobil qurilmalarining bir jihati shuki, uni vaqti kelganda almashtirish kerak bo‘ladi. Agar eski smartfoningiz hali buzilmagan bo‘lsa, uni sotib yuborish ancha oson va ustiga biroz pul qo‘shib yana yangi smartfon olsangiz bo‘ladi. Yangi smartfonning yuz foiz narxini to‘lagandan ko‘ra, qandaydir qismini to‘lab xarid qilgan yaxshida. Ekspertlar  ikki yillik ekspluatatsiyadan keyin ham narxini unchalik yo‘qotmaydigan smartfonlarni aniqlashga harakat qilishdi.

Yo‘q, topolmadingiz — iPhone va Samsung flagmanlari narx bo‘yicha uzoq yashaydiganlar toifasiga kirmaydi. Aksincha, 2017 yilda chiqqan Galaxy S8+ ikki yildan keyin naq ellik foizlik  bahosini yo‘qotgan va norasmiy sotuvchilarda yarim narxda sotilmoqda. iPhone 7 va  7 Plus esa ikki yil tutilgandan keyin 40 foizlik qiymatini yo‘qotdi. Faqat raqibi yo‘q modellargina (masalan,  iPhone SE), birinchi arzonlashuvdan keyin, yangisining ham, eskisining ham narxi tushmayapti.

O‘QING:MEIZU smartfonlarining originalligini va O‘zbekistonda sertifikatlanganligini aniqlaymiz

Eng tez sotiladigan smartfonlar haqida yana qanday versiyalar bor?  «Nomi chiqmagan Xitoy smartfonlari» deb o‘ylaysizmi? To‘g‘ri, lekin unchalik ham to‘g‘ri emas. Mabodo xitoylik  endi chiqqan ishlab chiqaruvchining arzon smartfonini  sotib olgan bo‘lsangiz, bu siz uchun “abadiy” telefon bo‘lib qoladi, chunki uni hech kim sotib olmaydi, uning uchun na  g‘ilof bor, na ehtiyot qismlar. Akkumulyator charchagan, qandaydir bir yerto‘lada yig‘ilgan bo‘lsa, u ikki yil yashay olmaydi ham.

Lekin Xitoyning lyuks smartfonlari haqida bunday deb bo‘lmaydi. Gap faqat lyuksda ham emas, aslida. Gap shundaki,  xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilar har doim qurilmalarini eng kuchli protsessor bilan jihozlaydi. Bunday smartfonlar har doim “ot ustida” hisoblanadi.

O‘QING:650 000 so‘mdan boshlangan Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi! (2018 yil 8 oktyabr)