«Tvitter» belgilar sonini 140 tadan oshirmoqchi

«Tvitter» belgilar sonini 140 tadan oshirmoqchi

Tarmoq manbalarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, «Tvitter» mikroblogdagi belgilar sonini 140 dan oshirishni mo‘ljallayapti. Kompaniya buni auditoriyasini kengaytirish yo‘lida muhim qadam deb hisoblaydi. Hozirda 300 mlndan ortiq foydalanuvchi tarmoqda faoldir, qayddan o‘tgan jami akkauntlar soni esa yarim millionga yetadi.

Belgilar sonini 140 tada cheklab qo‘yganligi uchun «Tvitter»ni ko‘pdan beri tanqid qilishadi. Ammo bu ham «Tvitter»ning o‘ziga xosligidir. Cheklovni aylanib o‘tish uchun bir qancha bilvosita xizmatlar mavjud, ammo bu safar kompaniyaning o‘zi cheklovni olishga yeng shimargan ko‘rinadi.

Joriy yilning avgustida «Tvitter» shaxsiy xabarlarni 140 belgidan oshirmaslik cheklovini olib tashlagan edi.

Alexa Internet ma’lumotiga ko‘ra, «Tvitter» jahonda eng ko‘p tashrif buyuriladigan 10 ta saytdan biridir. Kunlik foydalanuvchilar soni turli manbalarda turlichadir, chunki faol akkauntlar sonini «Tvitter» oshkor etmagan.

2009 yilning fevralida Compete.com «Tvitter»ni tez-tez foydalanilishi bo‘yicha uchinchi o‘ringa qo‘ygan. Nielsen.com resursi esa «Tvitter»ni «eng tez rivojlanayotgan sayt» deb atagan.