Twitter "begona o'tlar" yoxud marixuanalar reklamasiga ruxsat beradi

Twitter

Jo Rogan bilan bo'lib o'tgan podkastda marixuana va tamaki aralashmasini chekkani uchun Ilon Mask ko'plab tanqidlarga uchragan, shu bilan birga, uning surati taniqli memga aylanib ketgan edi. Bundan tashqari milliarder o'zining 420 (marixuana uchun jargon raqam) hazillari bilan ommaga "nashaga do'stona munosabatda" sifatida ham tanilgan. Mask endilikda nasha industriyasini qo'llab-quvvatlashda navbatdagi qadamini tashlamoqda: o'tgan yili Twitter'ni sotib olgandan keyin milliarder endi platformada "begona o'tlar" reklamasini ruxsat beradi.

Kecha, 15-fevral, chorshanba kuni Twitter nasha bilan bog'liq litsenziyalangan reklamalarga ruxsat berish uchun o'zining reklama siyosatini yangiladi. Albatta, shahar bedarvoza emas yoxud nasha mahsulotlarini reklama qilishda bir qancha cheklovlar mavjud:

  • reklamalar faqat AQSH (shunga ruxsat bergan shtatlarida) va Kanada hududida ko'rsatiladi;
  • reklama beruvchilar tegishli organlar tomonidan litsenziyalangan bo'lishi kerak;
  • reklamalar 21 yoshdan kichiklarga ko'rsatilmaydi;
  • reklama beruvchilar amaldagi qonunlar va qoidalarga rioya qilish uchun barcha javobgarlikni o'z zimmalariga oladilar;
  • reklama beruvchilar sog'liq uchun yolg'on da'volar qila olmaydilar;
  • va boshqalar.

"Bugungi kunga kelib, AQSHning ba'zi shtatlarida biz nasha marketingi uchun ko'proq imkoniyatlar yaratish maqsadida nasha reklamasi siyosatimizni yumshatish choralarini ko'rdik - bu har qanday ijtimoiy media platformasi uchun eng katta qadamdir. Shunday qilib, Twitter reklama beruvchilarga CBD, THC va nasha bilan bog'liq mahsulot va xizmatlar uchun brend afzalligi va nasha bilan bog'liq kontentni targ'ib qilish imkonini beradi." deydi Twitter.

Ta'kidlash joizki, Twitter o'z raqobatchilari, ya'ni boshqa katta ijtimoiy tarmoqlar ichida nasha mahsulotlari reklamasiga ruxsat bergan ilk platforma hisoblanadi. Bunday turdagi reklamalarga "eng yaqin kelgan" IT-kompaniya Meta bo'lib, unda kannabis reklamariga faqat siyosiy kampaniyalar va saylovlar uchun ruxsat beriladi, shunda ham ular kimlar marketing uchun pul to'laganligi kabi diskleymerni o'z ichiga olgan xabar bilan kelishi kerak.

O'QING: Twitter'da endi yanada ko‘proq so‘zlar bilan post yozish mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!