Twitter Blue obunasi bilan olingan tasdiqlangalik belgisi yangisi oldida "bir tiyin"

Twitter Blue obunasi bilan olingan tasdiqlangalik belgisi yangisi oldida

Ilon Mask o'zining yangi Twitter ijtimoiy tarmog'ida hammani tasdiqlanganlik belgisi bilan "siylamoqda". Biroq, bu ko'k belgilar yangi chiqayotgan kulranglari oldida hech narsa emas. Tushunarliroq qilib aytganda endi Twitter'dagi haqiqatda rasmiy sahifalar kulrang belgi bilan ajratiladi.

Keling bir boshidan boshlaymiz. Ilon Mask o'tgan oyda Twitter'ni sotib oldi va platformada tasdiqlanganlik belgisini olish tartibini o'zgartirib, uni "galochka" olishni Twitter Blue obunasiga qo'shdi, ya'ni pulli obuna egalariga ko'k rangli tasdiqlanganlik belgisi berilishi ma'lum bo'ldi. Garchi hali yangilangan obuna ishga tushirilmagan bo'lsa ham, ko'pchilikda "agar hamma Twitter'da "galochka"li bo'lib ketsa, unda rasmiy sahifalar qanday ajratib olinadi?" degan savol paydo bo'lgan bo'lishi aniq. Xo'sh, Twitter o'zi tasdiqlanganlik belgisi bilan yaratgan chalkashlikni, yana bir xil tasdiqlanganlik belgisi bilan yechmoqda. Ma'lum bo'lishicha, endilikda platformadagi rasmiy sahifalarga ko'k rangli tasdiqlanganlik belgisi bilan birga "Rasmiy" nomli kulrang tasdiqlanganlik belgisi ham beriladi. Bu haqda Twitter'ning Blue obunasi boshqarayotgan Ester Krouford xabar bermoqda.

"Ko'p odamlar ko'k belgili Twitter Blue obunachilari va rasmiy tasdiqlangan akkauntlarni qanday farqlab olish haqida so'rashdi, mana shuning uchun biz "Rasmiy" yorlig'ini ma'lum akkauntlarga taqdim qilyapmiz. Avval tasdiqlangan hamma akkauntlar ham (yangi) "Rasmiy" belgisini olishmaydi va yorliq sotuv uchun mavjud emas. Uni qabul qiladigan akkauntlarga davlat akkauntlari, tijorat kompaniyalari, biznes hamkorlar, yirik ommaviy axborot vositalari, noshirlar va ayrim jamoat arboblari kiradi", - deydi Ester Krouford.

Krouford yangi tasdiqlanganlik belgisi avvalgisi bilan qanday ko'rinishini ko'rsatib beradigan skrishotni ulashdi. Undan ko'rish mumkinki, yangi kulrang belgi sahifa nomi ostida bo'ladi, hozirgi ko'k belgi esa o'z joyida – ism yonida.

Yangi Twitter Blue pulli obunasiga keladigan bo'lsak, u rasman 9-noyabrda ishga tushirilishi kutilmoqda. Uning narxi 7.99 dollar.

O'QING: Twitter'da tasdiqlanganlik belgisini pulga sotib olishingiz mumkin bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!