«Twitter bo‘lmasa GETTR-da»: Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi

  •   DiMaX
  •  689
  •  03.07.2021 16:19

«Twitter bo‘lmasa GETTR-da»: Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi

O‘zbekistonda kecha – 2021 yilning 2 iyul kuni TikTok hamda Twitter servislariga cheklov o‘rnatildi. Ommabop messenjer – Telegram uchun bu borada xavotirlar haqida Telegram Qo‘llab-quvvatlash Markazi vakili Davronbek Rustamovning shu haqdagi maqolasini ham e’tiboringizga havola etganmiz.

O‘QING: Nima uchun VPN'dan foydalanish kerak? (+bonus)

Esingizda bo‘lsa, deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlardan bloklangan AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘iga asos solayotgani haqida yozgan edik. Mana shu servis chindan ham ishga tushdi – u GETTR deb nomlangan bo‘lib, Twitter tarmog‘ining raqobatchisi va xuddi uningdek ishlaydi.

O‘z ijtimoiy tarmog‘i haqida janob Tramp juda katta gapirgan: uning so‘zlariga ko‘ra, GETTR servisi nafaqat Twitter, balki biryo‘la Facebook uchun ham raqobatchi bo‘ladi. Uning maqsadi – shu ikki tarmoq monopolligiga chek qo‘yish, so‘z erkinligini himoya qilish, shuningdek xalqqa ezgulik va adolatni targ‘ib etishdir, deydi sobiq prezident.

GETTR loyihasiga AQSh sobiq prezidentining vakili bo‘lgan Jeyson Miller rahbarlik qiladi. Eng qizig‘i – Tramp hali ushbu tarmoqda o‘zi akkaunt ochganini e’lon qilmagan.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.