Twitter’da “katta tozalash”: bir necha oy davomida 70 milliondan ziyod akkaunt bloklandi

  •   Saroy
  •  575
  •  09.07.2018 11:12

Twitter’da “katta tozalash”: bir necha oy davomida 70 milliondan ziyod akkaunt bloklandi

So‘nggi paytlari Twitter ijtimoiy tarmog‘ida qalbaki yoki shubhali ko‘ringan akkauntlarni yoppasiga “tozalash” boshlandi.

The Washington Post tarqatgan xabarda aytilishicha , may va iyun oyining o‘zida  70 milliondan ortiq shunday sahifalar bloklangan, ular yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda gumon qilinmoqda. Ya’ni, Twitter har kuni  qayd etilgan 1 millionta  ma’lumotlarni tozalamoqda. «Katta tozalash» iyul oyida ham davom ettirildi. Bu o‘tgan oktyabr oyidagidan ikki barobar ko‘pdir.

«Agar odamlar o‘zlarini xavfsiz his qilmasalar, unda so‘z erkinligining hech qanday ahamiyati qolmaydi», — deya ta’kidladi Twitter’ning xavfsizlik bo‘yicha  vitse-prezidenti  Del Xarvi (Del Harvey).

O‘QING:Snouden maslahatiga ko‘ra, Twitter’ga ham Telegram’ning muhim xususiyati tatbiq etiladi

Turli manbalarda keltirilishicha, yoppasiga bloklash siyosat bilan bog‘liq holatdir (usiz mumkin emas, albatta). To‘g‘rirog‘i, AQSh kongressining bosimi bilan. Kongress  Rossiyaning 2016 yilda AQSh prezidenti sayloviga aralashganini tekshirish doirasida ana shunday chorani qo‘llayotgan bo‘lsa kerak.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda  Twitter Smyte  xizmatini sotib olgani haqda ma’lum qilingan edi. Ushbu tizim oxirgi uch yilda foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlab keldi. Kompaniya postlar va izohlarni tahlil qilish yo‘li bilan tavlomachilik, spamlar, haqorat va tahdidlarga qarshi kurashda  Twitter‘ga ko‘maklashdi.

O‘QING:Donald Tramp endi Twitter’da yuzerlarni bloklay olmaydi – buni sud ta’qiqladi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!