Twitter ham tentak emas: Tramp akkauntini «bo‘shatib», keyin Baydenga beradi!

  •   DiMaX
  •  442
  •  24.12.2020 12:29

Twitter ham tentak emas: Tramp akkauntini «bo‘shatib», keyin Baydenga beradi!

Esingizda bo‘lsa, biz avalroq Twitter endi Trampni imtiyozlaridan mahrum qilishi haqida yozgan edik. Kuni kecha ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoq uning rasmiy akkauntini Jo Baydenga topshiradi.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Twitter ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga tegishli rasmiy akkauntlar saylangan prezident Jo Bayden ma’muriyatiga berilishi vaqtida ulardagi barcha obunachilar o‘chirilishini tasdiqladi. 

Avvalroq Bayden shtabi a’zosi Rob Flaerti yangi prezident Twitter’dagi akkauntlar topshirilishi vaqtida obunachilarsiz qolishini ma’lum qilgandi.

Twitter Baydenning 2021 yil 20 yanvardagi inauguratsiyasi kuni Oq uyning @WhiteHouse, @LaCasaBlanca, @POTUS, @VP, @PressSec va @Flotus kabi rasmiy akkauntlarini yangi ma’muriyatga topshiradi.

O‘QING: Ekspert Trampning Twitter-akkaunti parolini besh urinishdayoq topib, e’lon qildi!

Twitter’da ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoq ushbu akkauntlar obunachilarini akkauntlar arxivlanishidan ogohlantiradi va ularga Bayden ma’muriyatining yangi akkauntlarini kuzatishni taklif qiladi.

«Misol uchun, @WhiteHouse’ga obuna bo‘lganlar akkaunt @WhiteHouse45 kabi arxivlanishidan ogohlantiriladi va ularga yangi @WhiteHouse akkauntini kuzatib borish imkoniyati taqdim etiladi», deyilgan ijtimoiy tarmoq xabarida.

Shu bilan birga, Tramp o‘zining 88 mln obunachiga ega shaxsiy akkaunti @realdonaldtrump’ni saqlab qolishi mumkin bo‘ladi. Biroq Trampga AQSh prezidenti sifatida akkauntini himoyalashda taqdim qilingan funksiyalar saqlanmaydi.

Flaertining ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati 2016 yilda Barak Obamaning akkauntini barcha obunachilari bilan olgan. Uning aytishicha, Twitter’ning hozirgi qarori kompaniyaning o‘zi tomonidan qabul qilingan va unga Tramp ma’muriyatining aloqasi yo‘q.

O‘QING: «Ahmadboycha» firibgarlik: Twitter’ni buzib kirgan xakerlar Apple, Ilon Mask va boshqalar akkauntlaridan bitkoin o‘g‘irlashdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!