Twitter kompaniyasi endi yo'q!

Twitter kompaniyasi endi yo'q!

Twitter'ni sotib olgandan so'ng, Ilon Mask uni ochiq kompaniyadan yopiq kompaniyaga aylantirdi. Bu shuni anglatadiki, Twitter bundan buyog'iga bo'ladigan o'zgarishlar haqida SEC – AQSH Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyaga xabar berishi shart emas. Va shu sabab milliarder kompaniya nomini imi-jimida o'zgartirib yuborgani endigina ma'lum bo'ldi.

TechCrunch nashrining Kaliforniyadagi sud arizasiga asoslanib xabar berishicha, "Twitter, Inc." endi "X Corp."ga birlashtirib yuborilgan va u, ya'ni "Twitter, Inc." endi mavjud emas. Ma'lum bo'lishicha, bu o'zgarish aktivist Laura Lumer bilan Twitter va Facebook o'rtasidagi sud ishiga doir 4-aprel kungi hujjatda aniqlangan.

"Sudlanuvchi "X Corp."ning, "Twitter, Inc."ning manfaatdor vorisi sifatida, quyida imzo chekkan advokati "Twitter, Inc." kompaniyasi "X Corp."ga birlashtirilganligini va endi mavjud emasligini bildiradi. "X Corp." xususiy korporatsiya hisoblanadi", – deyiladi sud hujjatida.

Wikipedia'ga ko'ra, X Corp. texnologik kompaniyasiga joriy yilning 9-mart sanasida Ilon Mask tomonidan asos solingan bo'lib, u to'liqligicha X Holdings Corp. subsidiyasi hisoblanadi.

"X" nomi 1999-yilda Mask tomonidan asos solingan X.com onlayn-bankiga borib taqaladi. 2001-yil iyun oyida X.com PayPal'ga aylanadi. 2017-yil iyul oyida Mask PayPal'dan X.com domenini qayta sotib oladi.

"X" nomi va Ilon Mask bilan bog'liq ishlar o'tgan yilning oktabr oyida yanada mustahkamlanadi yoxud milliarder Twitter'ni sotib olish uning orzusidagi "X" – hammasi narsasi bor ilovasini yaratishni 3 dan 5 yilgacha qisqartiradi.

Ehtimol, Twitter kompaniyasi nomini o'zgartirish Ilon Maskning "X" ilovasini yaratish uchun qo'ygan navbatdagi qadamidir, biroq uning chiqarilishi yaqin kunlarda amalga oshiriladiganga o'xshamaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!