Twitter koronavirus vaksinasi akkauntini bloklab qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  130
  •  15.01.2021 12:56

Twitter koronavirus vaksinasi akkauntini bloklab qo‘ydi

Rossiyaning koronavirus vaksinasi haqida xabar tarqatuvchi «Sputnik V» akkauntini Twitter bloklab qo‘ydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RTIJ) buning sabablarini aniqlamoqda.

O‘QING: Mashhur brendlar 2020 yilni bir so‘z bilan qanday atashmoqda?

«Twitter orqali biz emlash va uning qanday ishlatilishiga oid barcha ma’lumotlarni ochiq baham ko‘rdik. Shuningdek, AstaZeneca’ga «Sputnik V» vaksinasining tarkibiy qismlaridan birini qo‘llashni taklif qildik va birgalikda klinik sinovlarni o‘tkazishga kelishib oldik», — deyiladi RTIJ xabarida.

Shuningdek, RTIJ barcha abonentlardan Twitter bilan bog‘lanishlarini va kompaniyadan akkauntga kirishni qaytarishini so‘ragan.

O‘QING: Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»