Twitter terrorchilar bilan bog‘langan akkauntlarni bloklamoqda

  •   DiMaX
  •  322
  •  06.11.2019 13:03

Twitter terrorchilar bilan bog‘langan akkauntlarni bloklamoqda

Ijtimoiy tarmoqlar va messenerlarning rivojlangani yaxshi, albatta, ammo ulardan g‘araz niyatlarda ham foydalanish mumkin-da. Masalan, avvalroq O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati rasman e’lon qilingan edi.

O‘QING: Terroristlar qaysi messenjerlardan ko‘p foydalanishi aytildi

Twitter mikrobloglar ijtimoiy tarmog‘i ham AQSh hukumati tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan «Xamas» va «Hizbulloh» bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta akkauntlarni yopib qo‘ydi.

Ushbu akkauntlar o‘tgan haftaning juma kuni – 1 noyabrdayoq aniqlangan va ularni o‘chirishni so‘rab va tarmoq ma’muriyatiga ko‘p murojatlar tushgan. Advokatlar Josh Gottxeymer, Tom Rid, Maks Rouz va Brayan Fitspatrik esa bunday profillarning faoliyatiga yo‘l ochib bergani uchun kompaniyani tanqid qilib chiqishgan. Nihoyat, kecha – 5 noyabr kuni Twitter ushbu akkauntlarni bloklab tashlagan.

O‘chirilganlar ro‘yxatida «Xamas»ning ingliz va arab tillaridagi akkauntlari, shuningdek, «Hizbulloh» boshqaruvi ostidagi «Al-Manara» televizion stansiyasi bilan bog‘liq bir necha akkauntlar bo‘lgan.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqda siz yo‘l qo‘yadigan 5 xato

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!