Twitter yangi funksiyani ishga tushirmoqda

Twitter yangi funksiyani ishga tushirmoqda

Twitter ijtimoiy tarmog‘i dasturchilari o‘z foydalanuvchilari uchun yangi funksiyani joriy qilishini e’lon qildi. Unga ko‘ra foydalanuvchilar endi aynan ma’lum bir yo‘nalishga tegishli tvitlarga obuna bo‘lishlari mumkin. Ushbu mexanizm boshqa foydalanuvchilar mikroblogini kuzatishning analogi hisoblanadi.

Twitter yangi algoritmlarni avtomatik o‘rganib borish yordamida joriy qilishni rejalashtirgan. Shu yo‘l bilan kompaniya rahbarlari foydalanuvchilarning qiziqarli kontentlarni izlab topishini osonlashtirish va akkaunt egasiga qiziqarli bo‘lgan axborotlarnigina ko‘rsatishni maqsad qilishgan.

Test rejimida ushbu funksiya ayrim Android-qurilmalarda faqat sportga oid xabarlarnigina kuzatib borishga qodir. Twitter sun’iy ongni tahlil qilgan holda obuna bo‘lish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni kengaytirib boradi. Kerak bo‘lganda qiziqish yoki yo‘nalishni o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Dasturchilarning o‘ylashicha, foydalanuvchilar o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kumiri, yulduzlari va jamoat arboblariga obuna bo‘lishi va ularga oid postlarni o‘qishi mumkin bo‘ladi.

Aynan mavzuga oid xabarlarni olish funksiyasi iyun oyida iOS va Android uchun mo‘ljallangan “Yandeks.Dzen” mobil ilovasida ham paydo bo‘lgandi.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarni bir soatga bloklash qanchaga tushadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!