Twitter'da tasdiqlanganlik belgisini pulga sotib olishingiz mumkin bo'ladi

Twitter'da tasdiqlanganlik belgisini pulga sotib olishingiz mumkin bo'ladi

So'nggi o'n kundan beri internetda Twitter va Ilon Mask haqida ko'plab yangiliklarda aylanib yuribdi. Hozirgacha milliarderning ijtimoiy tarmoqni rasman sotib olgani va kompaniya rahbarlarini ishdan bo'shatgani, shu bilan birga, zudlik bilan Twitter mahsulotlariga o'zgartirishlar kiritishni boshlab yuborgani haqida eshitdik. Ehtimol, ushbu yangiliklar orasida Twitter'ning Blue obunasi narxining oshishi eng e'tiborli o'zgarishlardan bo'ldi.

Avvalroq Ilon Mask Twitter Blue obunasi narxini 19.99 dollarga oshirishi, shuningdek, unga platformada tasdiqlanganlik belgisini qo'shib berishini haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Endilikda milliarder o'zining rasmiy Twitter sahifasida aytishicha, Twitter Blue obunasi AQSHda oyiga 8 dollar bo'ladi va u tasdiqlanganlik belgisi bilan birga quyidagi xususiyatlarni ham o'z ichiga oladi:

  • javoblar, belgilanishlar va qidiruvlarda spam/firibgarlikni yengishda muhim hisoblanadigan ustuvorlik
  • ko'p vaqtli video va audio joylashtirish imkoniyati
  • yarim reklamalar (ya'ni bunda oddiy foydalanuvchidan ko'ra kamroq reklama ko'rsatiladi)
"Twitter'ning hozirgi lordlari & dehqonlari yoxud ko'k belgiga ega yoki ega bo'lmaganlar tizimi be'manilikdir. Kuch odamlarga! (Twitter) Blue oyiga 8 dollar" deydi Ilon Mask.

Maskning qo'shimcha qilishicha, obuna narxi "mamlakat tomonidan sotib olish qobiliyati paritetiga mutanosib ravishda sozlangan". Qolaversa, bu Twitter'ga kontent yaratuvchilarni mukofotlash uchun daromad oqimini beradi.

Shuningdek, milliarder Twitter bilan ishlashga tayyor nashriyotlar uchun to'lovni chetlab o'tish imkoniyatini, hamda, taniqli shaxs nomlari ostida ikkinchi darajali teg bo'lishini ham ma'lum qildi.

Yangi narx va o'zgarishlar qachondan amalga oshirilishi hozircha noma'lum, ammo Twitter'ga endi Ilon Mask egalik qilayotgan ekan o'zgarishlar har soniyada bo'lishi mumkin.

O'QING: Ilon Mask yil oxirigacha Twitter'ning TikTok raqobatchisi – Vine'ni "qayta tiriltiradi"

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!