Twitter’ni «portlatgan» video: «Eng odamsimon» robotni siz ham ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  1008
  •  24.05.2019 12:43

Twitter’ni «portlatgan» video: «Eng odamsimon» robotni siz ham ko‘ring!

Insoniyat o‘zining mashaqqatli ishlaridan bir qismini bajartirish uchun robotni yaratgan. Lekin bu «jonivor»lar ham odamlardek xato qilaversa, qiziq bo‘lar ekan...

O‘QING: Bugun – insoniyatga robot tanitilgan va robot ilk bor qotillik qilgan kun!

Twitter mikrobloglar tarmog‘ida kecha – 23 may kuni RedState nashri jurnalisti Brendon Mors e’lon qilgan qisqa video juda ommalashmoqda. Unda xatti-harakatlari odamga judayam o‘xshash bo‘lgan robot aks ettirilgan:

Guvohi bo‘lganingizdek, robot qutini bir joydan boshqa joyga o‘tkazmoqchi bo‘ladi, ammo eplay olmasdan, aksincha – hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qilib, o‘ziyam yiqilib tushadi.

O‘QING: Putinga harbiy robotlarning «otjimaniye» qilishi va boshida turishini ko‘rsatishdi (+«jonli» video)

Twitter foydalanuvchilari mazkur videoga bir-biridan qiziq izohlar yozishgan. Masalan, ulardan biri bu robotda «o‘zini tanigani»ni ta’kidlagan:

«Behazil. Bu – real hayotdagi men-ku»

Hazillar ham videoga mos:

«U ichib olgan»

Yana bir foydalanuvchi esa izohda boshqa bir videoni ulashgan – unda robotlar futbol o‘ynayotganida, darvozabon ham xuddi odamdek harakat qilgani ta’kidlanadi:

Yuqoridagi videoga javoban yozilayotgan bir-biridan qiziq (asosan ingliz tilida) izohlarni o‘yishni istovchilar mana bu havola orqali o‘tishlari mumkin.

Aytib o‘tish o‘rinliki, bugungi kunda turli robotlar yaratilib, har xil sohalarda ulardan foydalanilmoqda. Jumladan, Terabayt.uz saytida ham robotlar bilan bog‘liq turli xabarlar e’lon qilingan: Saudiya fuqaroligini olgan robotning endi oila qurishni istagan, shu mamlakatda robotni rasman davlat ishiga tayinlashgan, «sevish uchun» maxsus robot yaratilgan, «Terminator-2» filmidagi afsonaviy T-1000 kabi suyuq robot ishlab chiqilgan, Ilon Mask odamsimon jangovar robot taqdim etmoqchi, Dubayda robot-politsiyachi ish boshlaydi, Yaponiyada esa tarjimon robot talabalarga dars beradi, Rossiyada bankda robot-kollektorish boshlagan, Oksford universitetida esa robot murakkab ko‘z jarrohligi amaliyotini o‘tkazgan...

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.