Ubisoft Rainbow Six o‘yinining mobil versiyasini e’lon qildi

Ubisoft Rainbow Six o‘yinining mobil versiyasini e’lon qildi

Ubisoft kompaniyasi o‘zining konsol va kompyuterlarda ko‘pchilik bilan onlayn o‘ynaladigan Tom Clancy's Rainbow Six otishma o‘yini seriyasining mobil versiyasini chiqarayotganini e’lon qildi va uning ilk treylerini taqdim qildi:

Asosiy o‘yin, presonajlar va xaritalar Tom Clancy's Rainbow Six Siege o‘yinidagiga o‘xshashligi aytilayotgan Rainbow Six Mobile o‘yinida besh kishidan iborat ikki jamoa - Hujumchilar va Himoyachilar bir-birlariga qarshi kurashadilar.

Uch yillik ishlab chiqish jarayonidan so‘ng, keyingi haftadan boshlab o‘yinni real o‘yinchilar bilan sinab ko‘rish boshlanadi. Hozirda o‘yinni yopiq testda sinash uchun o‘yinchilar yig‘ilmoqda va agar siz ham o‘yin chiqarilishidan oldin uning sinov jarayonida qatnashishni istasangiz http://www.rainbowsixmobile.com saytiga o‘tib oldindan ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Nafaqat yaxshi quloqchin, balki himoya farishtasi!