Ucell abonentlari uchun «Al-Chiroq» aksiyasi: iPhone 11 Pro yutib oling!

  •   DiMaX
  •  20136
  •  23.05.2020 16:46

Ucell abonentlari uchun «Al-Chiroq» aksiyasi: iPhone 11 Pro yutib oling!

Ramazon oyi uchun Ucell uyali aloqa operatori yangi xizmatlar taklif etgan edi. Hayit arafasida esa u yangi – «Al-Chiroq» («Al-Chiroq») aksiyasini ishga tushirdi.

O‘QING: Ucell yana yettita saytga kirishni naq 1 iyungacha bepul qildi

Ucell abonentlari uchun eksklyuziv tarzda «Al-Chiroq» ilovasi doirasida kuniga atigi 1 so‘m evaziga tarmoq ichida daqiqalar, SMS-to‘plamlar yoki megabaytlar taqdim qilinadi!

Aksiya narxi – kuniga atigi 1 so‘m; ishtirok etish ham juda oson. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish kifoya:

  1. «Al-Chiroq» ilovasini (Android, iOS) yuklab olish va uni smartfonga o‘rnatish;
  2. Ucell telefon raqamini va unga SMS-xabar tarzida keluvchi kirish parolini ko‘rsatgan holda bosh sahifada ro‘yxatdan o‘tish;
  3. Sehrli chiroqni ishqalab, keyin raqam hisobiga bir lahzadayoq qaysi sovg‘a o‘tkazilishini ekranda ko‘rish!

Yuqoridagi harakatlarni bajarib, abonent har kuni (tasodifiy usulda) tarmoq ichida daqiqalar, SMS-to‘plamlar yoki megabaytlar olishi mumkin. Bundan tashqari, har hafta «Al-Chiroq» ilovasining barcha foydalanuvchilari orasida sovrinlar o‘ynaladi.

G‘olib tasodifiy raqamli generatori (random.org) yordamida tasodifiy tanlanadi. Yutuqqa esa uchta Xiaomi Redmi Note 8, bitta iPhone 11 Pro smartfonlari qo‘yilgan!

Aksiya joriy yilning 22 mayidan to 22 iyunigacha davom etadi; uning shartlari bilan mana bu yerda batafsil tanishish mumkin.

O‘QING: Megabaytlaringiz endi kuyib ketmaydi – Ucell ularni qaytarib beradi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!