Ucell bilan bog‘lanishning beshta muqobil usulini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  1250
  •  17.07.2020 14:58

Ucell bilan bog‘lanishning beshta muqobil usulini bilasizmi?

Uyali aloqa operatorlarining xizmatlari borasida savol yo shikoyat tug‘ilganida, Abonentlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat etamiz. Lekin ko‘pincha foydalanuvchilar qisqa raqamga bog‘lana olmay qolishlarini aytishadi.

O‘QING: Operator bilan tezkor bog‘lanish sirlarini bilasizmi?

Ucell aloqa operatori Abonentlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanishning muqobil usullarinidan foydalanishni maslahat bermoqda.

Muqobil usullar va ularga o‘tish havolalari esa quyidagicha:

  1. Siz savolingizni «My Ucell» Telegram-boti orqali berishingiz mumkin: https://t.me/Ucell_bot
  2. Yoki «Navbatsiz» servisidan foydalansa bo‘ladi (xizmat pulli): www.ucell.uz/6qk
  3. Abonentlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn rejimda ham bog‘lanish mumkin (xizmat pulli): www.ucell.uz/7n8
  4. Shuningdek, ucell.uz saytida qayta bog‘lanish shakli mavjud: www.ucell.uz/75f
  5. Yana kompaniyaga Shaxsiy kabinet orqali murojat eta olasiz: http://my.ucell.uz/

Yuqorida ko‘rsatilgan usullardan o‘zingizga qulayini tanlang, muammoni imkon qadar batafsil bayon etishga harakat qiling – xodimlarimiz uni masofadan turib yechishda sizga yordam berish uchun mumkin bo‘lgan hamma ishni qilishadi, deyiladi Ucell tavsiyasida.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!