Ucell’dan layfxak: internet-to‘plam xaridida 150 foizgacha tekin trafik olishingiz mumkin!

  •   DiMaX
  •  8273
  •  20.07.2018 17:08

Ucell’dan layfxak: internet-to‘plam xaridida 150 foizgacha tekin trafik olishingiz mumkin!

Ucell uyali aloqa operatori o‘zining Telegram-sahifasi orqali #UcellLifehack ruknini joriy etganini ma’lum qildi. Bu rukn ostida abonentlar operator xizmatlaridan qanday qilib imkon qadar samarali foydalanishi mumkinligi borasida layfxak-maqolalar e’lon qilib boriladi.

O‘QING: Mobil operatorlarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rsatkichlari qanaqa?

Jumladan, ilk layfxakda imkon qadar arzon narxda internet-to‘plam xarid qilib, imkon qadar ko‘p trafik olish yo‘llari o‘rgatilgan. Telegra.ph platformasida e’lon qilingan ushbu maqolaga ko‘ra, buning uchta usuli bor.

1-USUL: «Ko‘proq ol!» aksiyasi orqali 2 karragacha ko‘p trafik olish

Qanday qilib?

Ucell abonentlari uchun shunday imkoniyat taqdim etilgan: ikkita bir xil Oylik internet-to‘plam xarid qilgan abonentga uchinchisi – hajmi bo‘yicha undan bir pog‘ona katta to‘plam qulay narxlarda taqdim etiladi! «Ko‘proq ol!» deb nomlanuvchi ushbu aksiyada ishtirok etish uchun *565# so‘rovini, trafik qoldig‘ini tekshirish uchun esa *107# so‘rovini terish lozim.

Qolaversa «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi doirasida qo‘shimcha 10%, 30% yoki 50% trafik olish mumkin.

Kimlar uchun bu?

Ushbu usul yordamida ko‘proq internet-trafik olish imkoni Ucell’ning haqi oldindan to‘lanuvchi tizim (Prepaid) abonentlarining barchasiga taqdim etilgan. Bu borada batafsil ma’lumot olish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell aksiyasi: 99 so‘mga 1500 MB olib, «Tezlikni his eting!»

2-USUL: «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturida 150 foizgacha bonus trafik olish

Qanday qilib?

*136# USSD-so‘rovi yordamida 1 gigabayt va undan ortiq hajmli to‘plamni xarid qilib, shu to‘plamning  50 foiziga teng, kunning istalgan vaqtida foydalanish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha trafik, yana xarid qilingan to‘plamning 100 foiziga teng, tungi vaqtda foydalanish mumkin bo‘lgan trafikni qo‘lga kiritasiz.

Kimlar uchun bu?

Ushbu imkoniyat Ucell tarmog‘ida 6 yildan ortiq bo‘lgan «Qulay internet» tarifi abonentlari uchun taqdim etilmoqda. Bu xususdagi batafsil ma’lumot esa mana bu havolada.

3-USUL: «Kunlik» yoki «Haftalik» internet-to‘plamlar orqali trafik olish

Qanday qilib?

Agarda «Oylik internet-to‘plam» siz rejalashtirganingizdan oldin tugab qolsa, yangisiga esa mablag‘ingiz yetmay turgan bo‘lsa, unda «Kunlik» yoki «Haftalik» internet-to‘plamlardan foydalanishingiz mumkin. Bu xizmatlar doirasidagi megabaytlar ham tegishli ravishda 30 va 60 kunga belgilanadi.

Kimlar uchun bu?

Ucell’ning haqi oldindan to‘lanuvchi tizim (Prepaid) abonentlarining barchasi mazkur to‘plamlardan foydalana oladilar.

O‘QING: Ucell oltita tarifdagi abonentlariga endi doimiy asosda, har kuni 50 MBgacha bonus beradi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!