Ucell musiqa shaydolari uchun Zvooq xizmatini yo‘lga qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  3331
  •  06.12.2017 16:46

Ucell musiqa shaydolari uchun Zvooq xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Uyali aloqa va internet xizmatlaridan tashqari, mobil operatorlar turli ko‘ngilochar servislarni ham taqdim etib kelishayotir. Jumladan, Ucell operatori bugun o‘z abonentlari uchun Zvooq ilovasi xizmatini taqdim etdi. Bu xususda operator saytida xabar berilgan.

O‘QING: Ucell o‘chirilgan raqamni so‘nggi egasiga ulashni yo‘lga qo‘ydi

Ucell’ning Zvooq xizmati sizga sevimli musiqalaringizni trafik to‘lovisiz, hamisha va har yerda onlayn tinglash imkonini beradi. Mazkur servis «Sevimli musiqalaringiz hamisha va har yerda siz bilan birga!» slogani ostida ilgari surilmoqda.

Mazkur servisdan foydalanish uchun abonent Zvooq xizmatini *866# USSD-menyusi orqali ulatib, Zvooq ilovasini yuklab olishi lozim. Keyin esa u o‘zining Ucell raqamidan foydalanib profil ochadi va 19 milliondan oshiq taronalarni tinglash imkoniga ega bo‘ladi.

Zvooq xizmati uchun obuna narxi kuniga atigi 990 so‘mni tashkil etadi. Ulanishdan keyingi dastlabki 30 kun xizmat mutlaqo bepul taqdim etiladi!

Obunani rasmiylashtirib, siz musiqa tinglashga internet-trafik sarflamay turib uni onlayn tarzda tinglashingiz; hatto internet bo‘lmaganida ham tinglash uchun taronalarni yuklab olishingiz; musiqani yuqori sifatda tinglashingiz mumkin.

O‘QING: Ucell abonentlari uchun OLX.uz’ning «E’lonlar taxtasi» ishga tushdi

Xizmat *866# USSD-raqami orqali boshqariladi. U haqidagi batafsil ma’lumotni Ucell saytidagi tegishli sahifadan olish mumkin.

Zvooq ilovasini o‘z qurilmasiga yuklab olish uchun esa, iOS-gadjetlar egalari mana bu, Android-devayslar sohiblari bo‘lsa mana bu havolalar orqali o‘tishlari lozim.