Ucell sotildi. Xo‘sh, xaridor kim?

Ucell sotildi. Xo‘sh, xaridor kim?

Coscom mobil aloqa operatoriga (Ucell) egalik qilgan Telia Company shved-fin kompaniyasi o‘zining barcha ulushini (aksiyalarning 94 foizi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga sotdi. Kompaniya press-relizida Ucell'ni 215 mln dollarga sotish hisobiga shu kungacha shakllangan eski majburiyatlar saqlanib qolayotgani ma’lum qilingan, deb yozadi Kun.uz.

Manbalarga ko‘ra, mobil operatoriga endilikda UzMobile milliy mobil aloqa operatorining sobiq bosh direktori Vladimir Kravchenko bosh direktor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 2007 yilning iyulida Telia (o‘sha vaqtda Telia Sonera) Coscom'ning asosiy aksioneriga aylangandi. 2008 yili esa operator Ucell brendi ostida faoliyat yurita boshlagandi. Kompaniyada 1250 nafarga yaqin xodim ishlab kelmoqda. Abonentlar soni 7 million atrofida. 

Telia MDH va Markaziy Osiyo bozoridan ketishi avvalroq ma’lum bo‘lgandi. 2017 yilning oktyabrida Telia Company telekommunikatsiya holdingi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyasi nazorat qiladigan aloqa operatori «Megafon»dagi aksiyalarini sotgandi. 2018 yilning fevralida esa Qozog‘istonda faoliyat olib borgan KCell «Kazaxtelekom»ga sotib yuborildi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!