Ucell xizmatlari bayram kunlari qay tartibda ishlaydi?

  •   DiMaX
  •  862
  •  22.12.2020 11:36

Ucell xizmatlari bayram kunlari qay tartibda ishlaydi?

Yangi yil bayrami kunlari uyali aloqa operatorlarining ba’zi xizmatlari odatdagidan boshqacharoq tartibda ishlashi ma’lum. Ucell ham mobil tarmoq faoliyatini optimizatsiya qilish maqsadida ayrim xizmatlar vaqtincha amal qilmasligini e’lon qildi.

O‘QING: Yana bir operatordan 90% chegirma, tag‘in naq 28 fevralgacha!

Kompaniyaning rasmiy xabariga ko‘ra, 31.12.2020 kuni soat 22:00 dan 01.01.2021 kuni soat 04:00 gacha quyidagi xizmatlar amal qilmaydi:

31.12.2020 kuni soat 22:00 dan soat 01.01.2021 kuni 04:00 gacha tizim xabarnomalari (SMS-xabarlar va boshqalar) amal qilmaydi.

31.12.2020 kuni 22:00 dan 01.01.2021 kuni 04:00 gacha Kompaniyaning qo‘shimcha xizmatlarini ulash/bekor qilish bo‘yicha USSD-so‘rovlar amal qilmaydi. Zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha servislarni oldinroqdan faollashtirishni/bekor qilishni tavsiya etamiz, deydi operator.

O‘QING: Siz ham «GAP»ga qo‘shiling va Galaxy A21 yutib oling!

Shuningdek, bayram kunlari quyidagi xizmatlar amal qilmaydi:

  • Onlayn qo‘llab-quvvatlash («Mening kabinetim» servisi doirasida Ucell mijozlarini qo‘llab-quvvatlash xizmati) – 2021 yil 1 yanvar kuni (2 yanvardan xizmat odatiy rejimda amal qiladi);
  • «Navbatsiz» xizmati – 2021 yil 1 yanvar kuni (2 yanvardan xizmat odatiy rejimda amal qiladi).

31.12.2020 kuni soat 23:00 dan 01.01.2021 kuni soat 03:00 gacha qo‘ng‘iroqlar, SMS/MMS va internet-xizmatlar kechikish bilan narxlanadi.

31.12.2020 kuni 22:00 dan 01.01.2021 kuni 04:00 gacha hisoblarni tekshirish uchun quyidagi so‘rovlar amal qilmaydi: *100# va *109#.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz, deyiladi kompaniya xabarida.

O‘QING: Cheksiz internetgacha taklif etuvchi to‘rtta yangi tarif rejasi chiqdi!