Uch buyuk derjava – Rossiya, AQSh va Xitoy harbiy qudratini raqamlarda batafsil solishtirib ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  4780
  •  08.07.2019 13:16

Uch buyuk derjava – Rossiya, AQSh va Xitoy harbiy qudratini raqamlarda batafsil solishtirib ko‘rsatishdi

«Kommersant» nashri Xitoy armiyasiga bag‘ishlangan maxsus loyiha doirasida bir qator ma’lumotlarni e’lon qildi. Jumladan, unda «Osmon osti saltanati»ning harbiy qudratini AQSh hamda Rossiyaniki bilan solishtirib ham ko‘rsatishgan.

O‘QING: Orol dengizidagi maxfiy poligonida SSSR qanday mash’um tajribalar o‘tkazgan? (+video)

Nashrning yozishicha, Xitoy armiyasi o‘z qudrati bo‘yicha faqat shu ikki davlatnikidan keyingi – uchinchi o‘rinda turadi. Mamlakatning 2019 yilgi harbiy byudjeti 177 milliard AQSh dollariga teng. Bu esa Rossiya Federatsiyasi armiyaga sarflayotgan 46 milliard dollarlik mablag‘dan 3,8 karra oshiqdir. Biroq baribir bu borada AQShga yetadigani yo‘q – o‘z qo‘shinlari uchun ular bu yil naq 716 milliard dollar ajratishgan.

Xitoyga qaytadigan bo‘lsak, mazkur sohada u harbiy-dengiz hamda harbiy-havo kuchlarini rivojlantirishga asosiy e’tiborini qaratmoqda. Shuningdek, uchuvchisiz uchadigan harbiy qurilmalar eksporti bo‘yicha u dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. Uning mahsulotlarini Misr, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Qozog‘iston ham sotib oladi.

«Kommersant» nashri, shuningdek, mazkur uchta davlatdan har birining qo‘shinida qanchadan texnika va askar borligini ham oshkor etgan. Xitoy bunda 9 toifadan 5 tasida raqiblaridan o‘zib ketgan.

O‘QING: Kalashnikov dronlarga qarshi yangi qurolini namoyish etdi (+video)

Demak, mazkur uchta derjavaning armiyasiga oid asosiy ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslaymiz.

  1. Harakatdagi armiyaning askar va ofitserlari:

Xitoy – 2 035 000;

AQSh – 1 348 000;

Rossiya – 1 013 626.

  1. Artilleriya tizimlari:

Xitoy – 13 420;

AQSh – 6 894;

Rossiya – 5 293.

  1. Jangovar tanklar:

Xitoy – 6 740;

AQSh – 2 831;

Rossiya – 3 090.

  1. Qit’alar aro ballistik raketalar:

Xitoy – 70;

AQSh – 400;

Rossiya – 313.

  1. Ballistik raketali atom suvosti kemalari:

Xitoy – 4;

AQSh – 14;

Rossiya – 13.

  1. Ko‘p nishonli suvosti kemalari (atom va dizel-elektrik):

Xitoy – 57;

AQSh – 54;

Rossiya – 49.

  1. Front qiruvchilari va bombardimonchilari:

Xitoy – 1 966;

AQSh – 3 424;

Rossiya – 1 112.

  1. Jangovar vertolyotlar:

Xitoy – 246;

AQSh – 793;

Rossiya – 376.

  1. Strategik (uzoq masofaga otuvchi) bombardimonchilar:

Xitoy – 162;

AQSh – 157;

Rossiya – 139.

Lekin, deyiladi xabarda, Xitoyning ayrim qurollanish tizimlari baribir juda eskirgan.

O‘QING: Yangi Zelandiya terrorchisi o‘z hunarini videoo‘yindan o‘rgangan

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!