Uch kamerali iPhone besh karrali gibrid zumga ega bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1029
  •  08.05.2018 15:46

Uch kamerali iPhone besh karrali gibrid zumga ega bo‘ladi

Bozorga taqdim etilgan uchta kamerali ilk smartfon Huawei P20 Pro modeli bo‘lib, uning afzalliklarini nufuzli nashrlar va fotograflar yuksak baholashdi. Endi esa boshqa ishlab chiqaruvchilar ham bu borada xitoylik gigantga ergashishlari prognoz qilinmoqda.

O‘QING: Huawei'ning birinchi raqamli raqobatchisi kim?

Shu jumladan, kupertinolik korporatsiya ham uchta ob’yektivga ega flagman iPhone chiqaradi. Biroq mazkur ayfon bu yil emas, balki 2019 yilda taqdim etiladi, deb yozadi Taipei Times nashri.

Ushbu manba Yuanta Securities kompaniyasi tahlilchisi Jeff Pu (Jeff Pu) so‘zlariga tayangan holda bunday xabar tarqatgan. Tahlilchining ishonch bilan ta’kidlashicha, bo‘lajak iPhone asosiy kamerasi datchiklaridan biri 12 megapikselli bo‘ladi. Ob’yektivda oltita linza qo‘llanadi. Uchinchi modul smartfonga uch karrali optik zum imkoniyatini taqdim etadi, ammo umumiy hisobda kamera besh karrali gibrid zumga ega bo‘ladi.

Hozircha Apple smartfonlari assortimentida qo‘shaloq kamerali iPhone 7 Plus, iPhone 8 Plus hamda iPhone X modellari mavjud.

O‘QING: iPhone X kushandasi, naq to‘rtta kamerali “topishmoq” smartfon – HTC U12+ taqdimot sanasi ma’lum!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!