Uch kamerali Samsung Galaxy A7 (2018) smartfoni tavsifi

Uch kamerali Samsung Galaxy A7 (2018) smartfoni tavsifi

O‘tgan yilning kuzida Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o‘zining ommaviy Galaxy A smartfonlar seriyasini yangilab, bozorga bir qator qiziqarli modellarni chiqardi. Katta Galaxy A9 (2018) rekord miqdordagi kameralari va ular bilan ishlashdagi muammolar bilan darhol shov-shuvlar to‘lqinini yuzaga keltirdi. Tan olish kerak, bu model flagmanlar oilasiga mansub va narx masalasida hammaning ham qo‘li yetavermas edi. Biroq, uning kichik «ukasi» Samsung Galaxy A7 (2018) narxi sezilarli darajada arzon. Mashhur ishlab chiqaruvchining bu narxdagi mahsulotini xarid qilish – mantiqan va texnik jihatdan o‘zini oqlashi aniq. Model juda qiziqarli, keling, uni yaqindan tanib olamiz.

Texnik jihatlari

  • Protsessor: SoC Samsung Exynos 7885, 2 ta ARM Cortex-A73 (2,2 GGs) va 6 ta ARM Cortex-A53 (1,6 GGs) yadrosi
  • Grafik protsessor: GPU Mali-G71 MP2
  • Operatsion sistema: Android 8.0
  • Displey: Super AMOLED 6″, 2220×1080 (18,5:9), 411 ppi
  • Tezkor xotira (RAM): 4 GB
  • Doimiy xotira: 64 GB
  • Qo‘shimcha xotira: microSD (512 GB gacha)
  • Sim-karta: 2 ta Nano-SIM
  • Tarmoqlar: GSM/WCDMA/LTE (Cat.13) FDD Band 1, 3, 5, 7, 8, 20, TDD Band 38, 40, 41
  • Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac (2,4/5 GGs), VHT80, MIMO
  • Bluetooth 5.0, NFC (Samsung Pay), GPS, A-GPS, Glonass, Beidou
  • Asosiy kamera: 24 + 5 + 8 Mp (f/1,7 + f/2,2 + f/2,4), avtofokus, video 1080p
  • Old kamera: 24 Mp, f/2,0
  • Datchiklar: oraliq-masofa va tashqi yorug‘lik datchiklari, magnitometr, akselerometr, giroskop, barmoq izi sensori
  • Akkumulyator: 3300 mA·ch
  • O‘lchamlari: 160×77×7,5 mm
  • Vazni: 168 g

Tashqi ko‘rinishi va foydalanish qulayliklari

Samsung Galaxy A7 (2018) dizayni katta Samsung Galaxy A9 (2018) modeliga nisbatan soddaroq. Romlari metall emas, plastikdan, biroq bo‘yalgan plastikning tashqi ko‘rinishi bo‘yalgan metaldan katta farq qilmaydi (ayniqsa qora rangli talqinida).

Smartfonning o‘lchamlari ham Galaxy A9 smartfoniga nisbatan kichikroq, shuning uchun u qo‘lda yaxshiroq turadi, kiyim cho‘ntaklariga ham qulay joylashadi. Uskuna og‘ir emas, biroq sirpanchiq, shu bois g‘ilof bilan ishlatgan ma’qul. Silliq sirti barmoq izlarini o‘ziga tez yuqtiradi.

Orqa tomoni tekis, kameralar moduli bir oz bo‘rtib turadi, smartfon stol ustida barqaror turadi.

Galaxy A7ning Galaxy A9dan asosiy farqlaridan biri barmoq izi skaneri yon tomonda, Sony smartfonlarida bo‘lgani kabi yoqib-o‘chirish tugmachasi bilan birlashtirilgan. Sensorning ishlashida muammolar yo‘q, tez va aniq ishlaydi. Smartfonni qo‘lingizga olar ekansiz, uni osongina topib olasiz, chunki yon tomonda tugmacha uchun maxsus o‘yiq hosil qilingan.

Chap tomonda hech qanday tugmacha yo‘q, faqat kartalar bo‘lmachasi uchun teshikcha qoldirilgan. Bu bo‘lmachaga birvarakayiga uchta kartochkani joylashtirsa bo‘ladi. Ya’ni, boshqa ko‘plab modellarda bo‘lgani kabi xotira kartasini qo‘yish uchun bitta sim-kartadan voz kechish shart emas.

Smartfonda xabarnomalar uchun yorug‘lik diodli hodisalar indikatori o‘rnatilmagan. Aftidan Always On funksiyasi bu vazifani bajarishi ko‘zda tutilgan.

Ekran ostida na sensorli tugmachalar, na barmoq izi skaneri bor – faqatgina ingichka bo‘shliq mavjud bo‘lib, smartfonga simmetrik qiyofa beradi.

Yuqori qismida yordamchi mikrofondan tashqari hech narsa yo‘q.

Pastki qismda esa Micro-USB chiqish porti, quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli tuynukcha, metall panjara bilan to‘silgan karnay va muloqot mikrofoni o‘rin olgan.

Samsung Galaxy A7 (2018) uch xil: qora, pushti va ko‘k rangda sotuvga chiqarilgan. Korpus suvdan himoya tizimiga ega emas.

Ekran

Samsung Galaxy A7 (2018) 2.5D himoya shishali Super AMOLED displeyi bilan ta’minlangan. Ekran hajmi taxminan 67×138 millimetr, diagonali – 6 dyuym, piksellar sig‘imi 2220×1080 (tomonlar mutanosibligi 18,5:9) belgiga teng. Ekran atrofidagi romlar keng: yon tomonlar 4,5 millimetr, tepa va pastda 10 millimetrdan.

Displey yorug‘ligini ham qo‘lda, ham tashqi yorug‘lik datchigi asosida avtomat sozlash mumkin. Multitach tekshiruvlari ekran bir vaqtda 10 teginishni qayd eta olishini ko‘rsatdi.  

Ekran sirti qirilishlar paydo bo‘lishiga chidamli oynasimon silliq shisha plastina ko‘rinishida tayyorlangan. Samsung Galaxy A7 (2018) ekrani qatlamlari orasida havoli bo‘shliq yo‘q, shu sababli ekrandagi tasvirlar quyosh nurlari ostida yaxshiroq ko‘rinadi. Biroq ekranga shikast yetgan taqdirda, uni to‘liq almashtirish talab qilingani bois qimmatroqqa tushadi. Samsung Galaxy A7 (2018) ekranining sirti oliofob qoplamaga ega bo‘lib, barmoq izlari va boshqa dog‘lar osongina ketadi.

Ekran beqiyos ko‘rish burchagiga ega. Sozlamalarda ko‘z charchoqligini kamaytirishga xizmat qiluvchi moviy rang darajasini boshqarish o‘rin olgan. Biroq har qanday holatda ham, tungi vaqtlarda planshet yoki smartfon ishlatayotganda, ko‘zni zo‘riqtirmaydigan darajada ekran yorug‘ligini pasaytirish lozim.

Kameralar

Samsung Galaxy A7 (2018) smartfonida old kamera sifatida 24 megapikselli sensor va f/2,0 diafragmali ob’yektiv qo‘llanilgan. Tasvirlar sifati munosib: na detalizatsiya, na ravshanlik va na «jonli» fokusga e’tirozlar bor – kamera orqa fonni xiralashtirishda chaqqon. Shu bilan birgalikda, old kamerada ham yorug‘lik diodli fotochaqnoq mavjud bo‘lib, u yetarli darajada yorug‘.

Asosiy kamera uchta moduldan tarkib topgan. Ular turli sharoitlarda tasvirga olishda qo‘llaniladi. 24 megapikselli sensor va f/1,7 optikali asosiy modul sun’iy intellek yordamida 19 tagacha sahnani (Ovqat, Yashillik, Uy, Jonivorlar va boshqalar) aniqlab, sozlamalarni sharoitga ko‘ra moslashtira oladi. Keng burchakli (120°) tasvirlar uchun 8 megapikselli sensor va f/2,4 ob’yektivli modul qo‘llanilsa, 5 megapiksel sig‘imga ega sensor va f/2,2 ob’yektivli uchinchi modul portret rejmida orqa fonni xiralashtirishda kerak.

Bu yerda xiralashtirilgan orqa fonli «jonli fokus», qo‘lda sozlash rejimi, HDR Auto ham mavjud, biroq optik barqarorlashtirish funksiyasi yo‘q. 

Asosiy kamerada olingan tasvirlardan namunalar:

Asosiy kamerada soniyasiga 30 ta kadrli 1080p sifatdagi videolarni olsa bo‘ladi. Unda optik stabilizatsiya yo‘q, biroq elektron barqarorlashtirgich mavjud. Umuman olganda, kamera ravshan va yorug‘ tasvirga oladi, ranglar tabiiy ko‘rinishga ega. Video uchun stabilizatsiya mavjudligi uchun yurib qo‘lda videoga olishda tasvirlar ravon va to‘g‘ri chiqadi. Ovozlar tiniq yoziladi, sinovlar vaqtida sifatni buzuvchi holatlar qayd etilmadi.

Telefon qismi va kommunikatsiyalar

Samsung Galaxy A7 (2018) modemi LTE Cat.13 rqali 600 Mbit/s gacha tezlikda ma’lumotlarni yuklay oladi. smartfon hududdan kelib chiqqan qolda bir necha diapazondagi chastotalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi Galaxy A7ning kommunikatsion imkoniyatlari umuman olganda yaxshi. Wi-Fi 802.11 ac (2,4 va 5 GGs), Bluetooth 5.0 ni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek NFC moduli ham mavjud.

Navigatsion modul GPS (s A-GPS) va Glonassni «taniydi». Birinchi o‘n soniyadayoq ilk sun’iy yo‘ldoshlarni aniqlaydi. Magnit kompas navigatsion dasturlar faoliyati uchun zarur.

Har ikki sim-karta ham bir vaqtda 3G/4G  texnologiyalarini faol qo‘llab-quvvatlaydi.   

Muloqot karnayi baland va sof tovush chiqadi, orada turli shovqinlar yo‘q, vibroqo‘ng‘iroq sezilarli darajda kuchli.

Dasturiy ta’minot va multimedia

Dasturiy platforma sifatida Samsung Galaxy A7 (2018) smartfonida navbatdagi talqinlariga yangilanish imkoniyati bilan Android 8.0 joylashtirilgan. Uning ustiga esa Samsung Experience 9.0 foydalanuvchi interfeysi «kiydirilgan».

Imo-ishoralarni boshqarish, ijtimoiy tarmoqlar ilovalarini klonlashtirish, ekranni bo‘lish mumkin. Microsoft idora dasturlari jamlanmasi, himoya va optimallashtirish uchun kompleks menejer tizimlari, shuningdek, Samsung kompaniyasining o‘z dasturiy mahsulotlari, jumladan Samsung Health oldindan o‘rnatilgan.

FM-radio va ovozlarni sifatli yozib oluvchi diktofon ham mavjud.

Himoya

Smartfon yuz, barmoq izi va PIN-kod orqali qulfdan ochiladi. Unda gibrid «aqlli» qulfdan ochish ko‘zda tutilmagan. Bunga hojat ham yo‘q aslida – barmoq izi skaneri kifoya qiladi. Smartfonni yuzga qarab ochish funksiyasi hatto qorong‘i joyda ham aniq va muammolarsiz ishlaydi. Biroq tezlik borasida barmoq izi skaneridan ortta qoladi.

Samsung Galaxy A7: Daktiloskop

Samsung barmoq izi skanerini o‘chirib-yoqish tugmachasiga joylashtirdi. Sensor uchun kichik joy ajratilgan bo‘lsa ham, tez va ishonchli ishlaydi. Asosiy tugmachani bosish bilan ishni boshlayveramiz – qulfdan ochish sezilarsiz amalga oshiriladi.

«Himoyalangan xatjild» funksiyasi yordamida ma’lumotlarni qo‘shimcha himoyalash mumkin. Unda muhim va boshqalar ko‘zidan yashirishni istagan ma’lumotlar: fotosuratlardan tortib butun boshli mobil ilovalargacha – barchasini yashirish mumkin. Xatjild alohida kalit so‘z bilan ochiladi.

Ishlash samaradorligi

Samsung Galaxy A7 (2018) Samsung Exynos 7885 platformasida ishlaydi. Ushbu 14 nanometrli «motor» 2,2 GGs gacha bo‘lgan ikkita ARM Cortex-A73 hamda 1,6 GGs gacha chastotali oltita ARM Cortex-A53 yadrolaridan tarkib topgan. Tasvirlarni qayta ishlashga GPU Mali-G71 MP2 grafik tezlatkichi javobgar. Tezkor xotira - 4 GBni tashkil etsa, 64 GBlik doimiy xotiraning 50 GBga yaqin qismi bo‘sh.

Shuningdek, 512 GBgacha sig‘imli microSD kartasi hisobiga xotirani kengaytirish hamda USB OTG rejimida tashqi xotira kartasiga ulanish ham mumkin.

Platforma imkoniyatlari Mortal Kombat X va Injustice 2 o‘yinlaridagi har qanday ehtiyoj va vazifalarni bajarishga yetarli. Smartfon platformasi keyingi yangilanishlar uchun ham yetarlicha quvvat zaxirasiga ega.

Avtonomlik

Samsung Galaxy A7 (2018) smartfoni akkumulyatori sig‘imi 3300 mA·s ni tashkil etadi. Bu o‘rtacha ko‘rsatkich, ammo avtonomlik masalasida juda yaxshi natijaga ega.

Real hayotda qurilma aksariyat zamonaviy smartfonlar kabi: quvvati kechga qadar yetadi, tejash rejimida esa yanada ko‘proq «yashashi» mumkin.

Akkumulyator sinovlari an’anaviy ravishda energiya tejash imkoniyatlaridan foydalanmagan holda odatiy energiya iste’moli sharoitida o‘tkazildi.

Akkumulyator quvvati uydagi Wi-Fi tarmog‘ida uzluksiz yuqori sifatdagi (720r) videoni 14,5 soat ko‘rishga yetdi. 3D-o‘yin rejimida smartfon o‘yin turidan kelib chiqqan holda 6,5 soatda o‘chadi.

Samsung Galaxy A7 (2018) odatiy quvvatlash uskunasida (5 V 2 A) 2 soatu 10 daqiqada to‘liq quvvatlanadi.

Xulosa

Yuqorida ta’kidlanganidek, o‘tgan yili kuzda yangilangan Samsung Galaxy A seriyasi katta shov-shuvlarni keltirib chiqardi. Galaxy A7 (2018) va Galaxy A9 (2018) qurilmalari ularga o‘rnatilgan kameralar soni bo‘yicha rekordchilar hisoblanadi: birinchisida uchta, katta modelda esa mobil bozorida bunga qadar kuzatilmagan to‘rtta kamera mavjud.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 2 199 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!