Uch modulli kameraga ega Huawei P20 Plus’ning ilk «jonli» surati chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1348
  •  14.02.2018 12:54

Uch modulli kameraga ega Huawei P20 Plus’ning ilk «jonli» surati chiqdi!

Xitoylik texnogigant o‘zining navbatdagi taqdimot marosimi uchun taklifnoma tarqatayotgani haqida yozganmiz. Mazkur tadbirda Huawei P20, P20 Plus hamda P20 Lite modellaridan iborat yangi smartfonlar namoyish etiladi. Shulardan «kichkintoy»i – P20 Lite modelining videosi va rasmlarini allaqachon ko‘rgandirsiz ham.

O‘QING: Romsiz Huawei P20 Lite’ning har tomonlama «jonli» suratlari va videosi tarqaldi

Endi esa, ushbu smartfonlarning «katta»si – Huawei P20 Plus flagmanining ilk «jonli» rasmini AndroidHits nashri e’lon qildi.

Ushbu surat aynan qayerda tushirilgani ma’lum qilinmagan. Fotorasmda aks etgan vaziyatga qaraganda, bu qanaqadir ko‘rgazmaga o‘xshaydi. Smartfonning xususiyatlari yozilgan varaqda esa BOE logotipi ko‘rinadi. Ehtimol, bu yerda displeysoz BOE Technology Group Co haqida gap ketayotgandir, ammo uning logotipi umuman boshqacha ko‘rinishga ega. Shunday ekan, bu rasmga yuz foiz ishonish ham qiyinroq. Lekin shunisi ham borki, kupertinolik gigantning iPhone X superflagmanidan keyin ilk «kemtik»li ekranni aynan shu kompaniya yaratgan edi.

O‘QING: iPhone X yakkahokimligiga chek qo‘yishmoqchi – BOE «o‘yiqli» AMOLED-displey yaratdi!

Xullasi kalom, yuqoridagi suratda biz tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lgan, «o‘yiq»li displeyga ega smartfonning old tomonini ko‘ryapmiz. Balki shu «kemtik»da so‘zlashuv dinamigi, old kamera va boshqa datchiklar joylashgandir. Biroq ekranning ostida ham enligina rom mavjud.

Xabaringiz bor – xitoylik korporatsiyaning yangi smartfonlari 27 martda Parijda bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida taqdim etiladi. Huawei P20 Plus modeli yakki kristalli HiSIlicon Kirin 970 protsessoriga hamda uchta modulli bosh kameraga ega bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Huawei P20’lar taqdimotiga taklifnoma tarqatyapti – unda P20’larning uch modulli ekaniga shama qilgan

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!