«Uch mushketyorga uchta qilich»: Redmi yangi 5G-smartfonlar taqdimotini rasman e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  870
  •  20.11.2020 12:02

«Uch mushketyorga uchta qilich»: Redmi yangi 5G-smartfonlar taqdimotini rasman e’lon qildi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendi 24 noyabr kuni o‘z yurtida arzonchi brendining uchta smartfonini taqdim etishi, ularning xususiyatlari va narxlari haqida yozgan edik. Lekin Redmi brendining Weibo tarmog‘idagi rasmiy sahifasi ularning namoyishi 26 noyabrda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.

O‘QING: Redmi Note 10 xususiyatlari va «jonli» rasmlarini TENAA fosh etdi!

Rasmiy anons jangovar ruhda yozilgan, uni quyidagicha o‘girish mumkin:

«Redmi qo‘shinining Note 9 turkumidagi uch mushketyori allaqachon yetib kelgan, uchta qilich esa 26 noyabrda chiqariladi.

Ularni butun jahon bo‘ylab yuz millionlab foydalanuvchilar kutishmoqda va biz shunga munosib bo‘lishga harakat qilmoqdamiz.

Bu – Xiaojingang sifati, maksimal foydalilik va yuksak sifatli mahsulotni yoyishdir.

Qiyofa! Samaradorlik! Chidamlilik! Uchta qilichni charxlashga 400 kun sarflangan.

Mobil telefonlar jang maydoniga navbatdagi payshanba, soat 20:00 da uch mushketyor o‘zlarining yangi shamshirlari bilan tushishadi».

Aytish kerakki, bulardan ikkitasi – Redmi Note 9 5G hamda Redmi Note 9 Pro 5G modellari bo‘lishi ma’lum, lekin uchinchisi aniq emas. Zero, bu ikkovlon bilan birga Redmi Note 9 turkumida yana bitta – 4G-model ham namoyish etilishi aytilayotgan edi; yuqoridagi e’longa ko‘ra esa u ham 5G tarmog‘ida ishlaydi.

O‘QING: Umuman kutilmagan 5G-smartfon – Redmi Note 9T ham sertifikatsiyadan o‘tdi!