Uch tilli «Adiblar xiyoboni» internet-portali yaratiladi

  •   DiMaX
  •  464
  •  27.08.2020 13:48

Uch tilli «Adiblar xiyoboni» internet-portali yaratiladi

«Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (502-son, 24.08.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda  Sof.uz naashri xabar bermoqda.

O‘QING: Yurtimizda ilk raqamli bankka litsenziya berildi!

Ushbu qaror bilan Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish va ta’lim muassasalarida adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Unda, jumladan, oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan beriladigan muayyan adiblar nomidagi ko‘krak nishoni va maxsus stipendiyani joriy qilish, o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi «Adiblar xiyoboni» internet-portalini yaratish kabi tadbirlar nazarda tutilgan.

Qaror bilan Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini biriktirish ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxatdagi OTMda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

- ilmiy-adabiy maslahatchi lavozimi joriy etiladi;

- OTMda ularga biriktirilgan atoqli adiblar nomidagi maxsus stipendiyalar va ko‘krak nishonlari joriy qilinadi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab Adiblar xiyoboni hamda Toshkent tarixi muzeyi turistik yo‘nalishlarga kiritiladi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimidagi ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab mamlakatimizdagi mavjud muzeylarning yo‘nalishlarini hisobga olgan holda gidlar (gid-tarjimonlar) tayyorlash tashkil etiladi.

O‘QING: Dunyodagi barcha virtual muzeylarga endi bitta saytdan kira olamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!