"Uch yil ichida 300 nafardan 3000 nafargacha ish o‘rni yaratish rejasi bor"

Ukrainadagi urush Rossiyaga qarshi yirik sanksiyalarga, Ford kabi yirik G‘arb kompaniyalari, shu bilan birga, boshqa gigant IT kompaniyalarining ham mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. Natijada esa, 6000 ga yaqin rossiyalik va beloruslik texniklar mamlakatdan tashqariga, O‘zbekistondagi Toshkentga ko‘chib kelishdi, deya xabar bermoqda Amerikaning Forbes nashri.

Xabar qilinishicha, iyun oyining oxirgisi haftasida AKT vaziri boshchiligidagi IT delegatsiyasi AQShning Plug and Play Tech Center startap akseleratori, Apple, PayPal, Mastercard, Visa, Coursera, Zipline va EPAM rahbarlari bilan uchrashgan. Vazir Sherzod Shermatov Forbes bilan telefon orqali olib borilgan suhbatda O‘zbekiston sobiq sovetlar davlatlari ichida eng katta inson kapitaliga ekanligini ta’kidlagan.

“Oxirgi uch yarim yil ichida biz ko‘pchilik bitiruvchilarimiz ingliz tilida bemalol so‘zlasha olishi va IT sohasida tirikchilik qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun "Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat" va yana boshqasi "IT xalqi" deb nomlanadigan hukumat loyihalarini amalga oshirdik."

Shuningdek, Shermatovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda kompaniyalar uchun hech qayerdan topib bo‘lmaydigan, eng zo‘r soliq tuzumi mavjud, chunki bu yerda federal daromad solig‘i yo‘q.

Forbes 2017-yilda ishga tushirilgan "Bir million o‘zbek dasturchilari" loyihasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Nashrga ko‘ra, millionlab odamlar undagi kurslarga ro‘yxatdan o‘tgan va garchi bitiruvchilarga qanday litsenziyalar berilgani noma’lum bo‘lsa ham, bu harakat bilan hukumat va xususiy sektor bugungi kunda EPAM Systems, Exadel kabi 650 dan ortiq kompaniyalarni o‘z ichiga olgan IT Parkni yaratdi.

Akt vazirining qo‘shimcha qilishicha o‘tgan yili EPAM O‘zbekistonda 300 ga yaqin kishini ish bilan ta’minlaganligini, kelgusi yilda esa bu ko‘rsatkichni 3000 nafarga yetkazish rejasi borligini ma’lum qilgan.

“Shunday qilib, uch yil ichida 10 barobar ko‘p. Hozirda biz mintaqada ishlayotgan kompaniyalar bilan ancha muvaffaqiyatlimiz, lekin biz boshqa kompaniyalarni ham O‘zbekistonga rivojlanayotgan bozor sifatida qarashga ishontirishni xohlaymiz”.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston o‘zining yillik IT eksportida 2022-yil uchun taxmin qilingan 100 million dollarni, 2028-yilda 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Garchi bu AQSh autsorsing bozorining zarracha qismiga to‘g‘ri kelsa-da, IT autsorsingni mamlakatning oltindan keyin ikkinchi yirik eksporti bo‘lishi va mamlakatdagi qashshoqlikni kamaytirishda asosiy ustunga aylanshi mumkin.

To‘liq maqolani bu yerda o‘qishingiz mumkin.

O‘QING: Counterpoint may oyida qancha smartfon sotilganini e’lon qildi