Uch yillik eng arzon ikki xil Redmi smartfoni uchun ham MIUI 12 chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1376
  •  06.07.2021 10:07

Uch yillik eng arzon ikki xil Redmi smartfoni uchun ham MIUI 12 chiqdi!

Xiaomi kompaniyasi aksariyat smartfonlari uchun allaqachon MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosida proshivkalar tarqatyapti. Biroq bu apdeyt nisbatan eski modellarga, shuningdek, arzon smartfonlarga chiqarilmaydi. Bundan tashqari...

O‘QING: Xiaomi aytadiyam, qaytadiyam: to‘rtta Redmi smartfoniga MIUI 12 kelmaydigan bo‘ldi!

Ishlab chiqaruvchi kuni kecha o‘zining 2018 yilgi smartfonlari – Redmi 6 hamda Redmi 6A modellari uchun MIUI 12 grafik qobig‘i bazasida proshivka chiqardi. Biroq uni «havo orqali» tarqatmayapti – xohlovchilar Mi Flash Tool maxsus ilovasi orqali o‘rnatib olishlari mumkin.

Proshivka tarqatilishining bunday usuli shu bilan izohlanmoqdaki, apparat ta’minotining imkoniyatlari tufayli ushbu smartfonlar MIUI 12 grafik qobig‘ida sekinlashib qolishi va xatoliklar bilan ishlashi mumkin. Shu boisdan, kimdir o‘zi xohlasa uni yuklab olib o‘rnatishi tavsiya etilmoqda.

Hozirgi paytda faqatgina Xitoy hududidagi Redmi 6 va Redmi 6A smartfonlari uchun MIUI 12 proshivkasi chiqarilgan. Uning global miqyosda qachon taqdim etilishi noma’lum.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi to‘qqizta Xiaomi va Redmi smartfoni: to‘rt yillik flagman ham bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!