Uch yillik hamyonbop smartfonga Windows 11 o‘rnatib, unda afsonaviy shuterni o‘ynab ko‘rsatishdi! (video)

  •   DiMaX
  •  1228
  •  06.07.2021 15:17

Uch yillik hamyonbop smartfonga Windows 11 o‘rnatib, unda afsonaviy shuterni o‘ynab ko‘rsatishdi! (video)

Windows 11 operatsion tizimini o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablar ro‘yxatini e’lon qilganmiz. Microsoft’ning bu boradagi injiqligiga qaramasdan, havaskorlar allaqachon mazkur operatsion tizimni hattoki olti yillik smartfonga ham o‘rnata olishgan (videosi) edi.

O‘QING: Windows 11 tizimini qo‘llab-quvvatlovchi Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxati

Endi esa yana bir havaskor esa kompyuterlarga mo‘ljallangan yangi operatsion tizimni OnePlus 6T smartfoniga o‘rnatishni ham uddaladi! Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda chiqqan ushbu qurilma avtonomlik testida 2019 yilgi Galaxy S10+ hamda iPhone Xs Max flagmanlarini ham «yer tishlatgan» edi.

Bu smartfonga Windows 11 o‘rnatibgina qolmasdan, havaskor unda Call of Duty: Modern Warfare 2 o‘yinini ham ishga tushirib ko‘rsatgan:

To‘g‘ri, bunda shuterning tezkorligi va boshqa xususiyatlari havas qilgulik emas, ammo uning o‘rta narxli smartfonda, tag‘in begona operatsion tizim muhitida ishlayotganining o‘ziyoq katta gap.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil avval Lumia 950 XL smartfonida bundan oldingi avlod – Windows 10 operatsion tizimini hamda unda Fallout o‘yinini ham ishga tushirib ko‘rsatishgan edi.

O‘QING: Al-Azhar universiteti Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan ogohlantiradi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!