Uch yillik Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  1633
  •  10.04.2021 13:40

Uch yillik Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

«Xitoycha Apple» 6 aprel kuni o‘tkazilgan Mi Fan Open Day tadbirida MIUI 12.5 grafik qobig‘ining yakuniy versiyasi tarqatilish kunini aytgan. Biz ushbu proshivkaga aprel-may oylarida yangilanuvchi 25 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

O‘QING: ENDI RASMAN: jami 47 rusumdagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi ochildi!

MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivka tarqatilishi e’lon qilingach, Xiaomi ixlosmandlari uning eski smartfonlarga ham kelish-kelmasligiga qiziqishgan. Jumladan, uch yil oldingi flagman protsessor – Snapdragon 845 platformasi bazasidagi modellarga.

Ushbu savolga korporatsiyaning smartfonlar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘limi rahbari Chjan Gotsyuan (Zhang Guoquan) javob bergan. Uning ta’kidlashicha, Xiaomi‘ning eski flagmanlari – Mi 8, Mi 8 Explorer Edition, Mi Mix 2S hamda Mi Mix 3 modellari uchun ham albatta MIUI 12.5 bazasida proshivkalar chiqadi. To‘g‘ri, kompaniya vakili ushbu apdeyt qachon kelishini aytmagan – aftidan, mazkur modellar tizimi yoz oylarida yangilansa kerak.

MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivkalar keyinroq tarqatiladigan jami 80 xildagi smartfon ro‘yxati bilan ushbu xabarimizda tanishish mumkin. Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!