O‘chgan fayllarni maksimal qayta tiklash utilitasi – Recuva

O‘chgan fayllarni maksimal qayta tiklash utilitasi – Recuva

Ko‘pchilikda, kompyuter yoki telefon fleshkasidan bilmasdan biror faylni o‘chirib yuborish hollari uchragan. Agar bu fayl juda katta ahamiyatga ega bo‘lsa, asab tolalarimizning anchasi nobud bo‘ladi. Keyin tanish-bilishlarga telefon qilamiz, pullar sarflab bu fayllarni tiklashga hakakat qilamiz. Agar sizda bunday holat yuz bermagan bo‘lsa, siz juda baxtli inson ekansiz. Nega aynan fleshka? Chunki fleshkadan o‘chirilgan fayl «Korzina«ga tushmasdan o‘chadi.

Bu maqolada kompyuter yoki telefon fleshkasi orqali o‘chirib yuborilgan fayllarni maksimal darajada(!) qayta tiklashni «Recuva» utilitasi orqali amalga oshirishni ko‘rsatib o‘taman.

Demak, siz fleshkadan biror faylni o‘chirib yubordingiz, bu vaziyatda o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang va quyidagilarni yodda tuting:

1. O‘chirilgan fayl nomini eslab qoling.

2. O‘chgan faylni qayta tiklamaguncha, fleshkaga hech qanday fayl yozmang.

3. Yangi papkalar ham hosil qilmang, ya’ni fleshka ichida hech qanday amal bajarmang.

Gap shundaki, siz biror faylni o‘chirib yuborsangiz bu fayl emas, uning nomi fleshkadagi jadvallar ro‘yxatidan o‘chadi va sizga fayl ko‘rinmaydi (fayl o‘zi o‘chmaydi). Qachonki boshqa fayllar fleshkaga yozilsa, bu fayllar o‘chirilgan fayl ustiga va bo‘sh joyga yoziladi, ya’ni fayl o‘chirilmaydi, uning ustiga boshqasi yoziladi. Yozilgan faylning bir qismi o‘chgan fayl ustiga, bir qismi bo‘sh joyga yozilishi mumkin.

Shu asosida, qattiq disk va fleshkalarda ma’lumotlar saqlanadi. Qayta tiklaydigan dasturlar, o‘chgan fayllar ustiga hech qanday yangi fayllar yozilmagan bo‘lsa, to‘liq, bir qismiga yozilgan bo‘lsa, faqat o‘chgan faylni bir qismini qayta tiklashi mumkin. Demak, shunday dasturlardan biri bilan tanishamiz.

Hujjatlar, rasmlar, musiqalar, video va boshqa fayllarni qayta tiklashga mo‘ljallangan va uy sharoitida ishlatish uchun tekin hisoblangan dastur — Recuve. Dasturni o‘z saytidan yuklab olamiz va o‘rnatamiz (o‘rnatilish jarayoni qiyin emas), keyin ishga tushiramiz

recuva_1

Daleye

recuva_2

Qanday formatdagi fayllarni qidirish kerakligini belgilash oynasi. Odatda «vse fayli» punktini tanlagan foydali, Dalee

recuva_3

Bizga kerakli fayl qayerdan o‘chirib yuborilganini tanlaymiz (bu holda O disk, ya’ni fleshka)

recuva_4

Topilgan faylni qayta tiklash haqida ma’lumot va chuqurroq qidirishni taklif qiluvchi oyna paydo bo‘ladi va «Nachat» tugmasi orqali o‘chirilgan fayllarni qidirishni boshlaymiz.

Shundan so‘ng, qayta tiklash mumkin bo‘lgan fayllar ro‘yxati chiqadi va «Vosstanovit» tugmasi orqali qayta tiklashimiz mumkin bo‘ladi.

recuva_5

Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, fayllar yonida yashil rangli dumaloq rasm mavjud. Bu shakl 3 xil rangda bo‘lishi mumkin.

— yashil — topilgan faylni to‘liq qayta tiklash mumkin.

– sariq — topilgan faylning faqat bir qismini qayta tiklash mumkin, qolgan qismiga boshqa fayllar yozilib, eski faylning bir qismi o‘chib ketgan.

-qizil — topilgan faylni umuman qayta tiklab bo‘lmaydi. Bu orqali siz faqat shu diskda shu nomdagi fayl mavjud bo‘lganini bilishingiz mumkin bo‘ladi.

Faylning bir qismi buzilgan bo‘lsa (sariq rang), fayl turiga qarab, chala yoki umuman tiklanmasligi mumkin. Bu holda, fayl turiga mos keluvchi biror dasturlar orqali fayllarni qisman tiklab olish mumkin.

Manba: ITportal.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!