Uchinchi chorak yakunlari: Xiaomi top uchtalikda emas

Uchinchi chorak yakunlari: Xiaomi top uchtalikda emas

IDC kompaniyasining choraklik tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, Xitoy smartfon bozorida pasayish hali hanuz davom etmoqda, biroq, ayni damda, tiklanish alomatlari ham kuzatilmoqda.

O‘tgan moliya yilining mos davriga nisbatan bozorda 3.6% lik qisqarish qayd etildi. Bu oxirgi ikki kvartalga qaraganda yaxshiroq ko‘rsatkichdir.

Uchinchi chorakda Xitoy bozorida 98.8 million aqlli mobil qurilmalar sotilgan bo‘lib, bundan katta ulush Huawei'ga tegishlidir. AQSh tazyiqiga uchragan bo‘lishiga qaramay, bozordagi savdolarning 42% i mana shu texnogigant hissasiga to‘g‘ri kelib, kompaniya savdolarida o‘tgan yilgiga nisbatan 64.6% lik o‘sish kuzatildi.Anchayin ortda qolib ketgan vivo esa 18.3% ulush bilan ikkinchi, uning "singlisi" Oppo esa 16.6% ulush bilan uchinchi o‘rinda turibdi.

Boshqa mamlakatlarda, xususan, Hindistonda anchayin ijobiy natija qayd etgan Xiaomi esa savdolarning 9.8% qismi bilan chegaralangan bo‘lsa, savdolarida 5.6% lik o‘sish bo‘lgan “Olma“ 8.1% ulushga ega bo‘ldi. Shunday qilib, bu ikki kompaniya savdolar hajmi bo‘yicha mos ravishda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egalladi.

IDC'ning ishonishicha, keyingi choraklarda bozordagi o‘sish, asosan, qurilmalarda 5G texnologiyasining bo‘lish-bo‘lmasligiga bog‘liq bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi: «Samsung’dan biz 44 foizga oldinmiz!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.