Uchinchi chorakda qaysi kompaniya smartfon bozorida yetakchilik qilgan? (+infografika)

Uchinchi chorakda qaysi kompaniya smartfon bozorida yetakchilik qilgan? (+infografika)

Counterpoint Research kompaniyasi bir oy oldin uchinchi chorakdagi smartfon bozori haqida umumiy hisobot bergan edi, endi esa batafsil ma’lumot va tushunishga oson bo‘lgan infografikalar taqdim qilindi.

GSMArena'ning Counterpoint'ga tayanib xabar berishicha, smartfon bozori birinchi to‘lqin lokdaunlari va karantinidan so‘ng qayta yaxshilanmoqda — bozorning choraklik o‘sish ko‘rsatkichi 32% ga yetgan. 2019-yilning uchinchi choragiga nisbatan esa pasayish 4% ni tashkil etgan, bu esa smartfon hisobida 366 million dona kam smartfon demakdir.

Ortda qolgan kvartalda, Samsung oxirgi uch yil ichidagi eng ko‘p smartfonni sotgan. Kompaniya smartfonlari savdolari o‘tgan chorakda 48% ga oshib, 2019-yilning iyul-sentyabr oyi davriga nisbatan 3% ga o‘sgan. realme 50 million smartfon sotishga erishgan eng tezkor kompaniya nomini olgan bo‘lsa, Apple yangi iPhone'lari savdosini to‘rtinchi chorakka kechiktirgani sababli pasayishni boshidan o‘tkazgan.

Mintaqalar bo‘yicha ma’lumotlarga e’tibor bersak ko‘rish mumkinki, Samsung har bir mintaqada top 5 talikka kirgan yagona kompaniya bo‘lgan. Uchta mintaqada esa koreys texnogiganti yetakchi. Huawei'ning ishlari faqat Osiyoda yaxshi ketyapti. Apple bo‘lsa, Shimoliy Amerika va Yevropadan boshqa mintaqalarda top 5 talikka kirmagan.

...

Counterpoint klavishli telefonlar bilan bog‘liq holat tahlilini ham e’lon qilgan. Ushbu turdagi mobil aloqa vositalari uchinchi chorakda jami 74 million dona sotilgan. itel kompaniyasi 24% lik ulush bilan bu bozorda yetakchilik qilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Nokia brendiga egalik qiluvchi HMD va Tecno kompaniyalari egallagan.

O‘QING: TOP-10: Narxini eng sekin yo‘qotadigan smartfonlar (2020-yil reytingi)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!