Uchinchi to‘lqinda barqaror MIUI 12 proshivkasiga yangilanayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  3091
  •  08.10.2020 18:01

Uchinchi to‘lqinda barqaror MIUI 12 proshivkasiga yangilanayotgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

«Xitoycha Apple» avvalroq o‘z mobil qurilmalari uchun xitoycha MIUI 12 asosidagi proshivka tarqatishning uchinchi to‘lqinini boshlagan edi. Endi esa mazkur grafik qobiqning global talqiniga asoslangan proshivkalarni yubormoqda.

O‘QING: Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

Android Central nashri turli rusumlardagi qurilmalarga MIUI 12 asosidagi proshivkalar tarqatilishini tizimlashtirib e’lon qildi. Unga ko‘ra, birinchi to‘lqinda quyidagi smartfonlar barqaror proshivkani qabul qilib olgan:

  1. Xiaomi Mi 10 Pro;
  2. Xiaomi Mi 10;
  3. Xiaomi Mi Note 10 Lite;
  4. Xiaomi Mi 9;
  5. Xiaomi Mi 9 Pro 5G;
  6. Xiaomi Mi 9T;
  7. Xiaomi Mi 9T Pro;
  8. Redmi K30;
  9. Redmi K30 5G;
  10. Redmi K30 Pro;
  11. Redmi K20;
  12. Redmi K20 Pro;
  13. Redmi Note 9;
  14. Redmi Note 8 Pro;
  15. POCO F2 Pro;
  16. POCO X2.

Endi esa, shu kunlarda MIUI 12 tarqatilishining ikkinchi to‘lqini boshlandi va uning doirasida mana bu modellarga apdeyt kelmoqda:

  1. Xiaomi Mi Mix 3;
  2. Xiaomi Mi Mix 2S;
  3. Xiaomi Mi 9 SE;
  4. Xiaomi Mi 8 Explorer Edition;
  5. Xiaomi Mi 8;
  6. Xiaomi Mi 8 UD;
  7. Xiaomi Mi CC9;
  8. Xiaomi Mi CC9 Pro;
  9. Xiaomi Mi CC9 Meitu Edition;
  10. Redmi Note 8 Pro;
  11. Redmi Note 7 Pro;
  12. Redmi Note 7;
  13. Redmi 10X Pro 5G;
  14. Redmi 10X 5G;
  15. Redmi 10X 4G.

Boshqa bir manba esa Redmi va Poco brendlariga mansub ayrim smartfonlarning MIUI 12 asosidagi proshivkaga yangilana boshlash kunigacha ma’lum qilgan:

Shunga qaraganda, Redmi Note 7 hamda Redmi Note 8 modellariga yangi proshivka 10 oktyabrdan, Poco M2 va Redmi 9 smartfonlariga esa 15 oktyabrdan kela boshlaydi. Redmi 8 turkumidagi modellar bu proshivkaga 22 oktyabrdan, Redmi 7 oilasiga mansub bo‘lganlari – 25 oktyabrdan, Redmi 6 turkumi devayslari esa – 30 oktyabrdan yangilanadi.

Yakuniy versiyadagi MIUI 12 grafik qobig‘iga asoslangan barqaror proshivka dunyoning turli hududlariga bosqichma-bosqich uzatiladi. Ya’ni, tegishli rusumdagi smartfonga u aynan apdeyt tarqatila boshlagan kuni emas, balki keyinroq kelishini yodda tuting va yangilanishlarni tekshirib boring.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Redmi’ning ommabop smartfoniga MIUI 12 muammolar olib keldi