Uchta Galaxy smartfoni barqaror One UI 4 grafik qobig‘iga o‘tmoqda

Uchta Galaxy smartfoni barqaror One UI 4 grafik qobig‘iga o‘tmoqda

Avvalroq Samsung kompaniyasi Android 12 operatsion tizimiga asoslangan barqaror One UI 4 grafik qobig‘ini Galaxy Z Fold2, Galaxy Note20 va S20 seriyalariga jo‘natishni boshlagan edi. Endigi navbat S10 seriyasiga yetib keldi. 

Proshivka model raqami G97xFXXUEGULB bo‘lib, uni hozir S10, S10+ va S10e smartfonlari qabul qilishni boshlagan. 

Proshivka, shuningdek, dekabr oyi xavfsizlik patchini o‘z ichiga oladi. 

Hozircha Germaniyadagi S10 seriyasi foydalanuvchilariga barqaror One UI 4 jo‘natilmoqda. Keyinchalik yangilanish boshqa hududlardagi foydalanuvchilarga ham asta-sekin yetib keladi. 

O‘QING: Yana uchta Galaxy smartfoni barqaror One UI 4.0 grafik qobig‘iga o‘tadi