Uchta Huawei smartfoni EMUI 12 operatsion tizimiga o‘tadi

Uchta Huawei smartfoni EMUI 12 operatsion tizimiga o‘tadi

Huawei butun dunyo bo‘ylab P40, Mate 30 va P40 Pro smartfonlariga EMUI 12 beta-versiyasini jo‘natishni boshladi.  Bu EMUI 12'ning birinchi versiyasi bo‘lib, u yangi funksiyalar va yangilangan foydalanuvchi interfeysini o‘z ichiga oladi. 

Dasturiy ta’minotning beta-versiyasini tekshirish uchun, “Sozlamalar > Tizim va  yangilanishlar > Dasturiy ta’minotni yangilash > Yangilanishni tekshirish“ amalini bajaring. Agar yangilanish smartfonga kelgan bo‘lsa, Yuklab olish hamda O‘rnatish tugmasini bosing va ekrandagi ko‘rsatmalarga rioya qiling.

Huawei'ning ta’kidlashicha, ushbu versiya foydalanuvchiga eng so‘nggi funksiyalarni sinab ko‘rish imkonini beradi, biroq beta-versiyada xatolar bo‘lishi mumkin. O‘rnatishdan oldin, smartfonda yetarli joy mavjudligiga ishonch hosil qiling. Bundan tashqari, smartfon kamida 50% quvvatlangan bo‘lishi kerak. 

O‘QING: Honor 60 seriyasining taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!