Uchta modeldagi Redmi smartfoni rasman arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  4660
  •  07.10.2019 18:19

Uchta modeldagi Redmi smartfoni rasman arzonlashdi!

Xiaomi kompaniyasi yangi modellardagi smartfonlar taqdimoti arafasida eskilarining narxini pasaytirishiga ko‘nikib ham qoldik. Ertaga – 9 oktyabrda u o‘zining Redmi 8 rusumli arzon telefonini namoyish qiladi, lekin...

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Redmi 8 kutilganidan ham arzon narxda sotuvga chiqdi!

Ushbu smartfonning namoyish marosimi Hindistonda bo‘lib o‘tadi, undan oldin esa, Divali bayrami sharafiga Xiaomi o‘zining ayrim smartfonlarini vaqtincha arzonlashtirgan edi. Buni qarangki, «Xitoycha Apple» ushbu aksiya davri tugaganidan so‘ng ham uchta rusumdagi telefonining narxini avvalgi holiga ko‘tarmasdan, arzonligicha qoldirdi. Demak, bu – ularning rasman pasaytirilgan yangi narxlaridir!

Shunday qilib, Redmi Note 7 Pro (sotib olish) modelining tezkor/ichki xotirasi 4/64 gigabaytlik varianti endi 168 dollardan taklif etilyapti. Ayni shu smartfonning 6/64 gigabaytligini hindistonliklar endi 197 dollardan, 6/128 gigabaytligini esa 211 dollardan olishlari mumkin.

Shuningdek, Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro (xarid qilish) modellari ham har biri taxminan 28 dollarga arzonlashtirilgan. Bizning Terashop.uz internet do‘konimizda esa global savdoga chiqarilgan aksariyat Xiaomi telefonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: 2330 dollarlik smartfonning ilk partiyasi xalqi qashshoq yurtda bir kundayoq sotilib ketdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!